Xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi.
📅 11 Sep 2023
Tadbirning birinchi kuni.<br>2023-yil 11-sentabr kuni “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi” anjumani o‘z ishini boshladi.
Toshkent shahrida 11-15-sentabr kunlari “XVII Xalqaro seysmologiya maktabi” MDH davlatlarining yosh seysmologlari maktabining xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.
So‘nggi yillarda dunyoda yuz bergan turli ofatlar seysmologiya sohasini har bir mamlakat uchun naqadar muhim ekanligini anglatdi.
O‘zbekistonda ham seysmologiya yo‘nalishiga alohida e’tibor qaratilib, soha vakillari, olimlar bu yo‘nalishlarda qator ilmiy izlanishlarni, yangi loyihalarni boshlashdi.
Ulkan loyihalardan yana biriga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti mezbonlik qilmoqda.