Yosh seysmologlar maktabi xalqaro anjumani.
📅 12 Sep 2023
Bugun Toshkent shahrida Xalqaro seysmologiya maktabi, MDH davlatlarining yosh seysmologlari maktabi xalqaro anjumanining ikkinchi kuni. Ushbu tadbirda 9 ta davlatdan 106 nafar olim qatnashmoqda.
Mazkur seminar sessiyalarga bo‘lingan holda o‘z ishini olib bormoqda<br>Ilmiy sessiyalarning ertalabki yig‘ilishiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiki K. N. Abdullabekov va kechki yig‘ilishiga g-m. fanlari doktori, professor V. A. Ismailovlar raislik qilishmoqda.
2-kun sessiya ish tartibi O‘zR FA Seysmologiya instituti olimlari L. A. Hamidov, F. R. Artikov, S. G. Anvarova, B. R. G‘aniyevalarning ma’ruzalari bilan boshlandi.
Rossiya fanlar akademiyasining IFZ institutidan f-m fanlari doktori F. Kopnichev, ras yegs fits, Obninsk shahridan f-m fanlari doktori I. N. Sokolova va boshqalarning ma’ruzalari eshitildi.
Ma’ruzachilar ingliz, rus va o‘zbek tillarida chiqishlar qilishdi. Ularning ma’ruzalari tinglovchilar tomonidan zo‘r qiziqish bilan tinglandi. Qiziqarli savol-javoblar va bahs-munozaralar bo‘ldi o‘tdi. Yig‘ilish ishtirokchilarining fikr- mulohazalari tinglandi