O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-158-son qarori ijroda.
📅 26 Sep 2023
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan joriy yilning 26-sentabr kuni Matbuot anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda Qurilish, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari hamda O‘zbekiston Milliy telekompaniyasining “Yoshlar” va “O‘zbekiston-24” telekanallari xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-158-son qarorida 2023-yil 1-oktabrga qadar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz va Zarafshon shaharlarining seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqish, shuningdek yakuniga yetkazib, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etishi va tasdiqlangan barcha turdagi seysmik hududlashtirish va mikrohududlashtirish xaritalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani va brifinglar tashkil etishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ushbu maqsadda Institutda matbuot anjumani o‘tkazildi.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zbekiston hududida seysmik riskni baholash, rayonlashtirish va boshqarish metodologiyasi ishlab chiqildi. Metodologiya Andijon viloyati, Jizzax va Buxoro shaharlari kabi hududiy darajalarda aprobatsiya qilindi.
Qurilish maydoni seysmikligini aniqlash uchun seysmik xususiyatlar bo’yicha gruntlar tasnifi ishlab chiqilib, O’zbekiston seysmik rayonlaridagi qurilishlarda meyoriy hujjat sifatida “Qurilish meyorlari va qoidalari”ga kiritildi.
Kuchli zilzilalarda bevosita ehtimoliy talofatni tezkor baholash imkonini beruvchi «SeismicRiskAssessment» kompyuter dasturi ishlab chiqildi.
Spektral tashkil etuvchilar dinamikasi bo’yicha zilzilalarni prognoz qilish usuli ishlab chiqildi.
Shuningdek, anjumanda Seysmologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi,
f-m f.d. Roman Solomonovich Ibragimovning video chiqishi ham yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Tadbir davomida Seysmologiya instituti Ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, g-m f.d., professor Vaxitxan Alixanovich Ismailovning Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Shahrisabz va Zarafshon shaharlarining seysmik mikrohududlashtirish xaritalari bo‘yicha taqdimoti tinglandi.
Muhokamalarga, munozaralarga boy bo‘lgan ushbu anjuman seysmologiya sohasidagi yutuqlarni hamda bu borada olib borilayotgan hamkorlik ishlarini har tomonlama ko‘rsatib berdi.