“Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy konferensiya

📅 03 Oct 2023

Joriy yilning 3-4-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan “Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Bugun 3-oktabr kuni “Aholi va hududlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari” xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Konferensiyaga O‘zR FA vitse-prezidenti S. Z. Mirzayev raislik qilmoqda.
Anjumanda ma’ruzachilar quyidagi: Tezkor zilzila haqida xabardorlik loyihasi; Seysmik xavfni baholash muammolarida seysmik rejimni modellashtirish; Kuchli zilzilalarni bashorat qilish uchun seysmik monitoringning informatsion parametrlarini integratsiyalash; Modellashtirish yordamida kuchli zilzilalarni bashorat qilish va boshqa shu kabi mavzularida ma’ruzalar qildilar


Muhokamalarga, munozaralarga boy bo‘lgan ushbu anjuman seysmologiya sohasidagi yutuqlarni hamda bu borada olib borilayotgan hamkorlik ishlarini har tomonlama ko‘rsatib bermoqda.