O‘zFA 80 yoshda

📅 30 Oct 2023

Ilm-fan haqida so‘z ketsa agar,

“Biling, hamma yo‘llar Rimga eltar”,

Degan gapga aylab e’tiroz,

Mushohada qilaylik biroz.

Qomusiy olimlar chiqqan qayerdan?!

Bugungi yuksalish bo‘lmagan birdan...

“Jadidlar - dushman” deb, qirib ilm ahlin,

Daholar avlodin so‘qir deb barin.

Qilich bilan haqni egmoq bo‘ldilar,

Oxir ilm kerakligin bildilar.

Birlashib so‘ng olimlarning miyasi

Yaraldi Fanlar Аkademiyasi!

Shundan beri o‘zbegim avlodlari

Ruhi chorlab donishmand ajdodlarin,

Olam uzra o‘zgacha nur socharlar –

Fanda noyob kashfiyotlar ocharlar...

Sakson yilki izlanishlar cheki yo‘q,

Bunda aytgan fikrlarning mag‘zi to‘q.

Faqat bir gap: dunyoda olim ko‘pdir,v
Do‘stginam, sen daholar safin to‘ldir!..
<>br>

Dildora Usmonova
Seysmologiya institutining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha direktor maslahatchisi