Xalqaro hamkorlik.
📅 30 Oct 2023
Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Istanbul texnika universiteti (Istanbul Technical University – ITU) vakillari bilan Seysmologiya sohasiga doir davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishga O‘zR FA vitse-prezidenti S. Z. Mirzayev raislik qilib, yig‘ilish qatnashchilarini Turkiyaning milliy bayrami – Respublika e’lon qilingan kunning 100 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.
Davra suhbatida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Erjan Kaxya, Turkiyadan vakillar Maxmet Karacha, Yılmaz Akkaya, Samed İnyurtlarning ma’ruzalari tinglandi.
Shuningdek, yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Seysmologiya instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti vakillari ishtirok etishdi.