Ayol – jamiyatda bamisoli ummon. Ayol buyuk xilqat, buyuk mo’jiza
Ayol – jamiyatda bamisoli ummon. Ayol buyuk xilqat, buyuk mo’jiza… Oila, farzandlar bilan ilm va ijod qilish ayol zotidan buyuk jasoratni talab etadi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan, 40 yildan ortiq vaqt davomida Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritgan 80 dan ortiq fidoyi olimalarni e’tirof etish, ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi “Oqila ayollar harakati” hamkorligida “Kasbim-hayotim mazmuni” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi Mohira Turabovna Usmanova ham taqdirlandilar.<br>
Institut jamoasi Mohira Turabovna Usmanovani o‘z mehnat faoliyati bilan ibrat maktabini yaratgan olima ayol sifatida chin qalbdan tabriklaydi!