Buyuk Britaniyaning Oksford Universiteti "Yer haqidagi fanlar" Bo'limi Doktor Neill Marshallning O'zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga 2023 yil 24-28 noyabr kunlari tashrifi haqida

📅 28 Nov 2023

2022-yil 4-aprelda O'zR Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti va Buyuk Britaniyaning Oksford Universitetining "Yer haqidagi fanlar" Bo'limi o'rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi..

O'zR Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti 2022-2023 yillarda Oksford Universiteti olimlari bilan birgalikda dala geologik-tektonik, geomorfologik, seysmologik arxeoseysmologik tadqiqotlarni amalga oshirdi.
Buyuk Britaniyaning Oksford Universitetining "Yer haqidagi fanlar" Bo'limidan doktori Neill Marshallning O'zR FA Seysmologiya institutiga kelishi ilmiy hamkorlikning davomi bo'ldi.
O'zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti masul olimlari doktor Neill Marshall bilan 2023 yil 24-27 noyabr kunlari 2024 yil uchun ilmiy va geologik dala ishlari rejasi muhokama qilindi


O'zR FA Seysmologiya institutining Ilmiy seminarida 28-noyabr kuni doktor Neill Marshall "Ozarbayjon va Turkmaniston hududlari misollarida kuchli zilzilalarni aniqlash" mavzusida taqdimot qildi. M≥7.0 magnitudali tarixiy kuchli zilzilalar Katalogini to'ldirish maqsadida birinchi bor qo'shni respublikalar hududi uchun geologik-tektonik, geomorfologik, seysmologik arxeoseysmologik ilmiy ishlar batafsil bajarildi. Doktor Neill Marshallning ma’ruzasi, ayniqsa, yosh seysmolog olimlarning qiziqishini uyg'otdi va ko'plab savollar berildi.
Hududlarning seysmik xavfini baholash Ozarbayjon (Shemaxa zilzilasi M=7.0), Turkmaniston (Ashxobod zilzilasi, 1948, M=7.3) va O'zbekiston (1976, 1984 yillardagi Gazli zilzilalari M=7.3) mamlakatlari uchun muhim ilmiy yo'nalish bo'lib qolmoqda.