“Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir.
📅 11 Dec 2023
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘. O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Konstitutsiyaning 31 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Bosh muharriri, siyosiy sharxlovchi G‘. Jalolov so‘zga chiqib, Konstitutsiyamizning qabul qilinish tarixi, kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kundagi tutgan o‘rni haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Mamlakatimizning bepoyon va sermahsul kengliklari, go‘zal tabiati, viqorli tog‘lari va ajib bog‘lari, ajdodlar sadoqati va avlodlar Vatanparvarligini aks etgan O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan 10-dekabr kuni munosabati bilan barchani muborakbod etildi.
Ma’ruzachi tomonidan jonajon O‘zbekistonimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risida berib o‘tgan keng tushunchalar, tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otib, tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.