Prezident qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo`yicha joylarda o‘tkazilgan o‘quv seminarlari.
📅 14 May 2024
O‘zbekiston Respublikasida insonlarning hayotini muhofaza qilish, ajdodlarimizning ma’daniy yodgorliklarini saqlashda, bino va ishootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.
Agar zilzila ta’siriga yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan mustahkam, zilzilabardosh bino-inshootlar qurilsa, kuchli zilzilalar natijasidagi vayronagarchilikning oldini olib bo‘lmagan taqdirda ham uning natijasida yetkazilgan zararlarni ancha kamaytirish mumkin bo‘ladi.
Mazkur soha yo‘nalishida davlatimiz rahbariyati tomonidan olib borilayotgan islohatlar natijasida joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-161-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tegishli tashkilotlar va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 3-maydagi 25/1-1240 topshirig‘iga muvofiq Ishchi guruhining Toshkent shahri va viloyatlarda olib boriladigan reja-jadvali tasdiqlangan.
Reja-jadvaliga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-161-son qarorida belgilangan topshiriqlarni bajarish maqsadida G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti tomonidan joriy yilning 5-8-may kunlari institutning yetti nafar xodimi Toshkent shahri va viloyatlarga xizmat safarlariga yuborilib, yuqoridagi qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida joylarda aholi o‘rtasida keng ravishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-sonli qarorining mazmun-mohiyatini hududlarda aholiga yetkazish bo‘yicha hamda tushuntirish ishlarini olib borilganligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv seminarlari to‘g‘risida ma’lumotlar va mazkur jarayonlardan fotolavhalar:
- joriy yilning 6-may kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar vazirligida bo‘lib o‘tgan seminarda Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri U.A.Nurmatov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
- 5-7-may kunlari Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Qurilish va uy-joy kommunikatsiya xo‘jaligi bosh boshqarmasi xodimlari va Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi A.S.Xusomiddinov ishtirokida o‘tkazilgan seminar jarayonidagi ma’ruzasidan fotolavhalar.
- 5-7-may kunlari Surxandaryo viloyatining Termiz davlat universiteti majlislar zalida hamkor tashkilotlar bilan Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda shahar va tumanlardagi davlat tashkiloti rahbarlari bilan yuqoridagi Prezident qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Sh.I.Yodgorovlar ishtirokida o‘tkazilgan seminar jarayonidagi ma’ruzasidan fotolavhalar.
- joriy iylning 5-8-may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri E.M.Yadgarov ishtirokida o‘tkazilgan seminar jarayonidagi ma’ruzasidan fotolavhalar.
- 6-may kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan seminarda Respublika idoralararo ishchi guruhi tarkibida Aholi va hududlarni muhofaza qilish boqsharmasi, Seysmoprognostik monitoring markazi xodimlari hamda Seysmologiya institutining katta ilmiy xodimi B.A.Aktamovlar ishtirokida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish va aholiga yetkazish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar jarayonidagi ma’ruzasidan fotolavhalar.
- 5-7-may kunlarida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili, Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i hamda Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi Sh.B.Avazovlar ishtirokida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish va aholiga yetkazish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar jarayonidagi ma’ruzasidan fotolavhalar.
- 5-6-may kunlari Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminar mashg‘ulotlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili, Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Qurilish va uy-joy kommunal xizmati sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi boshlig‘i, viloyatning loyiha va qurilish tashkilotlari mas’ul rahbarlari hamda Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi Z.F.Shukurovlar ishtirokida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish va aholiga yetkazish bo‘yicha o‘tkazilgan seminar jarayonidagi ma’ruzasidan fotolavhalar.