“Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlashda mexanikaning amaliy vazifalari” xalqaro anjuman
📅 29 May 2024
Toshkent shahrida joriy yilning 27-29-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida O‘zR FA akademigi T.R.Rashidovning 90-yoshligiga bag‘ishlangan Mexanika, Seysmik mustahkamlik, Mashinasozlik “Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlashda mexanikaning amaliy vazifalari” deb nomlangan Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaga O‘zR FA prezidenti B.S. Yuldashev raislik qildi.
Anjumanda Seysmologiya instituti xodimlari anjuman tashkilotchisi sifatida tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarda hamda 28-may kuni V.A. Ismailov, K.N. Abdullabekov, R.S. Ibragimolar rahbarligida “Muxandislik seysmologiya va seysmik risk” deb nomlangan В-bo‘limida o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda turli hil horij davlatlaridan kelgan mehmonlar bilan birgalikda fikrlar almashinuvi, takliflar va bahs-munozaralar bo‘ldi. Ma’ruzachilar ingliz, rus va o‘zbek tillarida chiqishlar qilishdi.
Muhokamalarga, munozaralarga boy bo‘lgan ushbu anjuman seysmologiya sohasidagi yutuqlarni hamda bu borada olib borilayotgan hamkorlik ishlarini har tomonlama ko‘rsatib bermoqda.