Favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
📅 12 Jun 2024
2024 yilning 12 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Shayhontohur tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida “Zilzila, uning yuzaga kelish sabablari, sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusida maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlarida favqulodda yong‘in bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tuman mutaxassislari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar ko‘rsatilib, xodimlar bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Institut bilan tuman FVV hamkorligida o‘tkazilgan maxsus–o‘quv taktik mashg‘ulotlar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.