“Markaziy va Shimoliy Osiyo mintaqasida seysmotektonik jarayonlarni o‘rganish va zilzila oqibatlarini yumshatish va boshqarish texnologiyalari”
📅 24 Jun 2024
“Markaziy va Shimoliy Osiyo mintaqasida seysmotektonik jarayonlarni o‘rganish va zilzila oqibatlarini yumshatish vaboshqarish texnologiyalari” mavzusida 2024-yil 23 iyundan 1 iyulgacha Xitoyning Pekin shahridagi Zilzilalar administratsiyasining Geologiya institutida halqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu anjumanga Mo‘g‘iliston, Rossiya, Qozoqiston, Qirg‘iston, Tojikiston hamda O‘zbekiston seysmolog va geologlari ishtirok etmoqda.
Asosiy maqsad Tyon-Shon tog‘ tizmasidagi yer yoriqlarini xarakati va ularni mintaqadagi seysmik xolatga ta'sirini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, shu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqot natijalari bilan fikr almashishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasidan ushbu anjumanga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori professor V.A. Ismailov va laboratoriya mudiri PhD M.A. Mirzaev ishtirok etmoqda..