O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi RF-144-son Farmoni ijrosini samarali taʼminlash maqsadida O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligida o‘tkazilgan seminar to‘g‘risida.

📅 26 Jun 2024

Joriy yilning 26 iyun kuni O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Zilzilalarni prognozlash uchun ishlab chiqilgan geofizikaviy axborot tizimidan foydalanish” va “Tanlangan yangi skvajinalardan olingan ma’lumotlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi RF-144-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025 yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari”ning 12,3 bandida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Seysmoprognostik kuzatuvlar tarmog‘ini kengaytirish maqsadida 2024 yilda tanlab olingan 6 ta skvajinalarda Sirdaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida Seysmologiya institutining “Seysmoprognostik ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish” laboratoriyasi xodimlari tomonidan olib borilgan kuzatuvlarga oid masalalar ko‘rib o‘tildi.

Seminarda O‘zR FVV SMRM boshlig‘i Q.I.Qo‘chqorov, SMRM boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Karimov hamda Seysmologiya instituti “Seysmoprognostik ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish” laboratoriyasi mudiri A.V.Rasulov va boshqalar qatnashdilar. Seysmologiya institutining k.i.x. F.X.Sadirov va tayanch doktorant B. Qayumovlar seminarda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Bugungi kunda bu sohalardagi islohotlarni izchil davom ettirish, aholining seysmik xavfsizligini ta’minlashning yangi usullarini joriy qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.