2024-yil 23 iyundan 1 iyulgacha Xitoyning Pekin shahridagi Geologiya institutida (Xitoy zilzila markazi) “Markaziy va Shimoliy Osiyo mintaqasida seysmotektonik jarayonlarni o‘rganish va zilzila oqibatlarini yumshatish va boshqarish texnologiyalari” mavzusida halqaro maktab

📅 17 Jul 2024

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti xodimlari 23-iyundan 1-iyulga qadar Pekin shahrining Xitoy zilzila ma’muriyati Geologiya institutida “Markaziy va Shimoliy Osiyo mintaqasida seysmotektonik jarayonlarni o‘rganish va zilzila oqibatlarini yumshatish va boshqarish texnologiyalari” mavzusida trening kurslarda ishtirok etdilar. Xitoy zilzila ma’muriyati Geologiya instituti direktori O‘zbekistonlik mutaxassislarni taklif etdi. Ushbu kurslar Xitoy zilzila boshqarmasining Fan, texnologiya va xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbarligida Osiyo hamkorlik muloqoti doirasida Xitoy zilzila boshqarmasi Geologiya instituti tomonidan tashkil etildi.

Institut olimlari barcha laboratoriyalarda olib borilgan so‘nggi tadqiqotlar natijalarini taqdim etdilar va trening ishtirokchilari Xitoyning Seysmologik kuzatuv markaziga, Xitoy Milliy shahar qidiruv va qutqaruv o‘quv korpusiga tashrif buyurishdi, shuningdek, Pekin shaxri Changping okrugidagi yer qobig‘ining faol yer yoriqlari aniqlash bo‘yicha olib borilgan dala-tadqiqot ishlari bilan tanishdilar. Xitoylik hamkasblar Osiyo hamkorlik muloqoti ishtirokchi-davlatlari o‘rtasida qo‘shma tadqiqotlar olib borishga katta qiziqish bildirib, ilmiy aloqa o‘rnatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Trening ishtirokchilari tashkilotchilar va ma’ruzachilarning yuqori kasbiy mahoratini, o‘quv materiallariga boyligini ta’kidladilar. Trening ilm-fanni rivojlantirish va O‘zbekiston va Xitoy zilzilalar boshqarmasi Geologiya instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. Xitoy zilzila boshqarmasi kelgusida O‘zbekistonlik yosh olimlar va tadqiqotchilarni kelgusida tashkil etiladigan trening kurslarda faol qatnashishga, qo‘shma tadqiqotlar olib borishda faol qatnashishligiga umid bildiradi.
Rasmiy web-sayt: https://www.eq-igl.ac.cn/