G‘.О.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlarining O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlash maqsadida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrifi.
📅 24 Aug 2024
Bugun 2024-yil 23-avgust kuni G‘.О.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini “Bir bo‘lsak –yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida keng nishonlash maqsadida 1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda joylashgan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. O‘zbekiston xalqi o‘z tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon rivojlanishida muhim rol o‘ynagan tarixiy shaxslarni yorug‘likka chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mohir sarkarda va siyosatchi, islohotchi, savdo-sotiq, hunarmandchilik ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday shaxslar qatorida turardi.
Muzey mas’ullari sohibqiron hayoti va amallari haqida so‘zlab berishdi. Ular ta’kidlanganidek Amir Temur markazlashgan davlatga asos solib, uning kuch-qudratini har tomonlama mustahkamlab va rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va xalqlarni birlashtirdi. Uning davrida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi