O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 22-avgustdagi ““Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlisining 137-son bayoni ijrosini ta’minlash
📅 29 Aug 2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 22-avgustdagi ““Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlisining 137-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari hamda Labzak MFY raisi va faollari bilan birgalikda 2024-yil 24-25-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Seysmologiya instituti hududi va uning atrofida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirdi.
Hashar qat’iy ravishda instiut hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazildi. Umumxalq xayriya hashari qatnashchilari zaruriy texnik vositalar va anjomlar bilan ta’minlandi. To‘plangan chiqindilarni tashkiliy ravishda alohida belgilangan joylarga olib chiqildi.
Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassamdir.