Mustaqillik bayrami “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”

📅 01 Sep 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-avgustdagi PQ-264-sonli qaroriga ko‘ra joylarda O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi tadbirlari «Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» degan bosh g‘oya ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 30-avgust kuni G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti xodimlari bilan Toshkent Davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori E.O.Qodirov bilan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oya ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Professori E.O.Qodirov o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi bilan barchani tabriklagan holda, shu yillar davomida mamlakatimiz tomonidan erishilgan yangi yutuq va marralar haqida gapirib o‘tdi. Barchamiz inson qadri oliy mezon bo‘lgan yangi hayot, yangi jamiyat qurish yo‘lida qo‘lga kiritgan zafarlarimizni mustaqil taraqqiyot g‘oyasiga hamisha sodiq, mard va matonatli xalqimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati va bunyodkorlik salohiyati mahsuli ekanligi va ana shunday olijanob elning farzandlari ekanimiz haqida gapirib o‘tdi.

Davra suhbati yakunida institutda ko‘p yillar davomida mehnat qilib kelayotgan ustoz-olimlarimiz Q.N.Abdullabekov, S.Baxriddinov, S.X.Sobitov, U.A.Nurmatov, R.S.Ibragimov va bir qator mehnat faxriylariga institut rahbariyati tomonidan ehtirom ko‘rsatildi va sovg‘alar bilan taqdirlandi.