“Сейсмология и вулканология как фактор региональной безопасности” xalqaro muhokama platformasi to‘g‘risida.

📅 18 Sep 2024

“Seysmoprognostik malumotlarni kompleks tahlil qilish” laboratoriyasi mudiri A.V.Rasulov 2024-yilning 11-14-sentyabr kunlarida Rossiya Federatsiyasining Petropavlovsk-Kamchatskiy shahri Vitus Bering nomidagi Kamchatka Davlat universiteti, A.M.Gorchakov jamg‘armasi va Kamchatka hukumati viloyati, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Petropavlovsk-Kamchatskiydagi vakolatxonasi, Vulkanologiya instituti va Rossiya Fanlar Akademiyasining Uzoq Sharq filiali seysmologiyasi, Rossiya Fanlar Akademiyasining yagona Geofizika xizmatining Kamchatka filiali tomonidan tashkil etilgan “Сейсмология и вулканология как фактор региональной безопасности” xalqaro muhokama platformasida “Особенности проявления гидрогеосейсмологических предвестников землетрясений в Узбекистане”(на примере скважины Чартак) deb nomlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Armaniston, Suriya, Filippin mamlakatlaridan kelgan bir qancha olimlar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbir yakunida ilmiy izlanishlarni birgalikda davom ettirish va kelajakda birgalikda xalqaro loyihalar bajarish, seminarni muntazam o‘tkazib borish bo‘yicha xulosalar qabul qilindi.