Paleoseysmologiya va arxeoseysmologiya ilmiy yo始nalishi rivoji yo始lida

馃搮 28 Mar 2022

O始zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Yer bo始yicha fanlar fakulteti professori R.Uolker va 袗rxeologiya fakulteti tadqiqotchisi P.Vordstvor tashrif buyurdi va Seysmologiya instituti, Milliy arxeologiya markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.


Mazkur tashrifdan ko始zlangan maqsad seysmologiya fani tarkibiga kiruvchi paleoseysmologiya va arxeoseysmologiya ilmiy yo始nalishi bo始yicha ilmiy hamkorlikni yo始lga qo始yish.
Ma始lumki, Oksford universiteti dunyo miqyosidagi eng nufuzli universitet va ilmiy tadqiqotlar markazi ekanligi jahon hamjamiyati tomonidan e始tirof etilgan.
Buyuk Britaniya hamda O始zbekiston Respublikasi o始rtasida ko始p tomonlama iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalar hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish borasida keng ko始lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 袗lbatta, jahon tajribasiga ega bo始lgan Oksford universitetining ilmiy yutuqlarini O始zbekiston sharoitida qo始llash, Fanlar akademiyasining ilmiy sohasiga joriy etish, kelajakda bu tadqiqotlarni Markaziy Osiyo bo始yicha ommalashtirish, nufuzli jurnallarda tadqiqot natijalarini yoritish hamda hamkorlikda xalqaro loyihalarni bajarish uchun asos bo始lib xizmat qiladi.
Tashrif yakunida Oksford universiteti bilan O始zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari o始rtasida seysmologiya, arxeologiya va tarix sohalari bo始yicha ilmiy hamkorlikni yo始lga qo始yish, muassasalar o始rtasida hamkorlik memorandumini imzolash maqsad qilingan.

Ma始lumot o始rnida: Oksford universitetining yer haqidagi fanlar fakulteti professori Richard Uoker va 袗reologiya fakulteti tadqiqotchisi Pol Vordstvortlar tashrifi davomida O始zR Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti bilan birgalikda Toshkent viloyatining Oqqo始rg始on tumanida joylashgan Qanqa qishlog始i, Jizzax va Samarqand viloyatlariga tashrif buyurib, bir necha yuz yillar oldin yuz bergan zilzilalar o始rnini o始rganish va kelajakda seysmik xavfning oldini olish bo始yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, olib boriladigan tadqiqotlar bo始yicha qo始shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashish, Samarqand davlat universitetida arxeologiya va tarix sohalarida ilmiy hamkorlikni yo始lga qo始yish bo始yicha fikr almashish rejalashtirilgan.