Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!

📅 18 Nov 2024

Joriy yilning 18-noyabr kuni G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Unda institut direktori V.Ismailov so‘zga chiqib, Seysmologiya instituti xodimlarini 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining 33-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi!

Shundan so‘ng, Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanishi, Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lganligi va u har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini berishi hamda bayrog‘imiz 1992-yil 2- martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpirab turganligi haqida ma’lumotlarni berib o‘tdi.
Shundan keyin mavzu yuzasidan institut xodimlari bilan bahs-munozara olib borildi.