Konstitutsiya-erkin va farovon hayot garovi
📅 11 Dec 2024
G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida 2024-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut direktori V.Ismailov so‘zga chiqib, institut xodimlarini 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilingan kuni bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, Seysmologiya instituti Umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Masharipov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz ikki yilligi bilan tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan kuchga kirganligi va u 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat ekanligi haqida ma’lumot berdi.
So‘ng isntitut yuriskonsulti N.Ibragimova so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya dunyoviy davlat, ochiq va adolatli jamiyat qurish, unda tenglik va teng huquqlilik prinsiplarini hayotga tatbiq etish, fuqarolar, ayniqsa, ayollar va bolalar huquqlarini kamsitmaslik g‘oyalariga asoslanganligi va unda yurtimizda inson huquqlari madaniyati tobora yuksalayotgani, inson hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatiga hurmat ruhi shakllanayotgani alohida ahamiyatga ega ekanligi haqida batafsil tushunchalar berib o‘tdi.
Shundan keyin mavzu yuzasidan institut xodimlari bilan bahs-munozara olib borildi.