11:21/30.07.2020 25

AXBAROT TAHLIL MARKAZI

Noyob obyekt rahbari – Karimov Ulug‘bek Baxtiyorovich

Seysmologik monitoring Axborot-tahlil markazini tashkil etishning huquqiy asoslari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3190-son farmoni bilan Seysmologik monitoring Axborot-tahlil markazi qayta tashkil etildi.

Izoh: 2017-yilgacha Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 3-apreldagi 71-son, 2007-yil “Favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ularning oldini olish davlat dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi 2009-yil 07-sentabrdagi 191-son “Respublika Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti seysmologiya stansiyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to'g'risida”gi qarorlari asosida 2009-yildan boshlab faoliyat yuritgan.

Noyob obektning yo'nalishi: Seysmologik monitoring axborot-tahlil markazi seysmologik monitoring axborotini toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash, ekspert tahlili, saqlashning yuqori texnologik tizimini hamda zamonaviy texnik va axborot texnologiyalariga asoslangan respublika maʼlumotlar markazini yaratishdan iboratdir.

©2018-2020 Barcha huquqlar himoyalangan.