11:21/30.07.2020 25

Magnitnitogramm arxivili kompleks magnit-ionosfera observatoriyasi noyob ob'ekti

Ob'ekt rahbari –Azimov A'zamjon Muxiddinovich

Magnit-ionosfera stansiyasi tashkil etilgan yili. Magnit-ionosfera stansiyasi 1868-yili “Toshkent fizik observatoriyasi” nomi bilan tashkil etilgan va 1876-yildan geofizik yo'nalish olgan. 1924-yili “Ilmiy-tadqiqot geofizik rasadxonasi” maqomini oldi. Stansiya 1936-yili Keles posyolkasiga, 1963-yili esa Parkent tumaniga ko'chirilgan. 1956-yildan stansiya Aloqa vazirligining Respublika radio markazi, 1959-yildan O'zR FA matematika instituti, 1963-yildan Yadro fizikasi instituti tarkibida faoliyat ko'rsatgan. 1966-yil Seysmologiya instituti tarkibiga kiradi. 2003-yildan O'zbekiaton Respublirasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan noyob ilmiy ob'ekt maqomida faoliyat olib boradi.

Stansiya xodimlari. Bir nafar fiz.-mat. fanlari nomzodi, u bosh mutaxassis, bitta etakchi mutaxassis, bir nafar muhandis, 3 nafar texnik, 2 nafar qorovul.

Stansiyaning asosiy yo'nalishi va vazifalari. geofizik maydonlarning variatsiyalarini uzluksiz kuzatish, qaydetib borish va tahlil qilish. Geomagnit maydonning H,Z,D,T tashkil etuvchilarining vaqt bo'yicha o'zgarishlarini uzluksiz kuzatish va ma'lumotlarni qayta ishlash; Elektrotellurik maydonning meridional va kenglik tashkil etuvchilari variatsiyalarini uzluksiz kuzatish; Tabiiy elektromagnit nurlanishlarning meridional va kenglik tashkil etuvchilari intensivligini 2 va 12 kgs chastotalar diapazonidagi o'zgarishlarini uzluksiz qayd etish; Yer yuzasi xarakatlarini uzluksiz global pozitsion stantsiya (GPS) yordamida o'lchash va tahlil qilish; Yer osti suvlarining harorati va sathi o'zgarishlarini kuzatib borish;

Stansiyaning ilmiy yutuqlari. Noyob ob'ekt arxivida magnit maydoni 7 ta tashkil etuvchilari va K-indeksning 1925-yildan buyon magnito - variatsion kuzatuvi natijalari, ionosferanining 14 parametri soatlik qiymatlari va grafiklarining 1969-yildan, kosmik nurlar oqimining 1974-yildan, elektrotellurik maydonning 1982-yildan, elektromagnit impulslar intensivligi o'zgarishlarining 1973-yildan, atmosfera elektr maydonining 1992-yildan, yer sirti og'ishlarining 1972-yildan boshlab o'zgarishlari magnitogrammalar, jadvallar, fotoplenkalar va lentalar shaklida saqlanmoqda.

Noyob ob'ektning 150 yil davomida erishgan yutuqlari quyidagilardan iborat: - Magnit kuzatuvlari tayanch punktlari tarmoqlarida magnit maydoni tashkil etuvchlarining asriy variatsiyalari xususiyatlari o'rganildi; - "O'rta Osiyo Yer magnetizmi elementlarining asriy yurishlari haqida ma'lumotlar" magnit xaritasi ishlab chiqildi; - Geomagnit maydonning barcha tashkil etuvchlarining 1870-yildan boshlab kuzatuv ma'lumotlari elektron bazasi yaratildi; - Birinchi marta O'rta Osiyo bo'yicha magnit burilish burchagi (D), gorizontal tashkil etuvchi (H) va magnit og'ish burchaklari (J)ning asriy o'zgarishlari xaritasi tuzildi. Magnit-ionosfera stantsiyasi xodimlari tomonidan Oloy -1974, Gazli -1976- va 1984-yillar, Isfara-Batken - 1977, Tavaqsoy -1977, Nazarbek -1980, Chimyon-1982, Pop-1984, Qayroqum-1985, Spitak-1988-yil zilzilalari epitsentral zonalariga maxsus ekspeditsiyalari uyushtirildi. Stantsiya planetar geofizika muammolari bo'yicha quyidagi o'nlab xalqaro eksperimentlarida ishtirok etdi: 1957-yildan xalqaro geofizika yili, 1969-yildan faol Quyosh yili, 1974-yildan sokin Quyosh yili, 1984-yildan MASSA, 1989-yildan SSMGE va boshqalar. Stansiya faoliyati davomida olingan bu ma'lumotlar 3ta doktorlik va 6ta nomzodlik dissertatsiyalari yozilishiga hamda birnecha fundamental va amaliy grantlarning bajarilishiga eksperimental asos bo'ldi. Hozirgi kunda ham stansiyada uzluksiz kuzatuv ishlari olib borilmoqda. Olingan natijalar har hafta Institut Prognoz komissiyasiga va informatsion-anakitik markazga berib borilyapti.

E'lon qilingan ilmiy ishlari: 1. Хусомиддинов С.С., Эгамбердиев С.А., Азимов А.М., Нуриддинов Н.Р Вековые вариации элементов геомагнитного поля на Ташкентском геодинамическом полигоне. В сб. «Международная научная конференция геофизические методы решения актуальных проблем современной сейсмологии» Ташкент. 2018. С.166-170.
2. Эгамбердиев С.А., Азимов А.М., Нуриддинов Н.Р. Некоторые результаты исследования вариаций электротеллурического поля. В сб. «Международная научная конференция геофизические методы решения актуальных проблем современной сейсмологии» Ташкент. 2018. С.170-172.
3. Х.А.Тойчиев, С.А.Эгамбердиев, А.Г.Стельмах. Разрез Ангрен как уникальный объект записи геомагнитного поля и палеопочв четвертичного периода в лёссовых отложениях Приташкентского района. Вестник УзНУз № 3/1. Ташкент «Университет» 2018. С.394-396.
4. Хусомиддинов С.С. История, достижения и перспективы развития геофизичесих исследований в Узбекистане. В сб. «Международная научная конференция геофизические методы решения актуальных проблем современной сейсмологии» Ташкент. 2018. С.12-17.
5. Хусомиддинов С.С. Ташкентская геофизическая обсерватория. История и достижения. Ташкент, 2020.141 с.

©2018-2020 Barcha huquqlar himoyalangan.