O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

G'.O. MAVLONOV NOMIDAGI SEYSMOLOGIYA INSTITUTI




Zilzilalarni prognoz qilishning fundamental muammolari

Laboratoriy mudiri - Valijon Rustamovich Yusupov, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

Laboratoriya 1966-yil 1-oktyabrda Institutning tashkil etilishi bilan bir vaqtda zilzilalarni prognozlash bo'limi tarkibida tuzilgan. Bo‘limni akademik G'anai Orifxonovich Mavlonov, laboratoriyani esa geofizik Manop G'afurovich G'afurov boshqargan. 1971-yilda laboratoriya mudiri etib ilgari "Seysmotektonik rayonlashtirish" laboratoriyasida katta ilmiy xodim bo'lib ishlagan geologiya va mineralogiya fanlari nomzodi Ibragimov Rashod Narzikulovich tayinlangan. Shu davrdan boshlab laboratoriya nomi "Geofizik maydonlar variatsiyasi va seysmektektonika" deb o'zgartirildi. Bu nom 1977-yilgacha saqlanib qoldi. 1977-yil sentyabr oyida institutda katta tarkibiy o'zgarishlar ro'y berdi. Shu davrda institut xodimlarining soni keskin o'sdi, 7ta yangi laboratoriya ochildi. Seysmik prognoz stansiyalari tarmog'ini kengaytirish bo'yicha O'zbekiston hukumatining qarori qabul qilindi. "Geofizik maydonlar variatsiyasi va seysmotektonika" laboratoriyasi asosida ikkita yangi laboratoriya tashkil etildi, bular: "Geofizik maydonlarning variatsiyasi" va "Seysmotektonika" edi. Laboratoriya 2024-yilga qadar laboratoriya "Seysmogen jarayonlar fizikasi" (SJF) deb nomlangan. 2024-yildan 4 martdan hozirgi kungacha " Zilzilalarni prognoz qilishning fundamental muammolari" laboratoriyasini geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Yusupov Valijon Rustamovich boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda laboratoriyada 1ta akademik, 1ta fan doktori, 2ta fan nomzodi, 2ta kichik ilmiy xodim va 2ta laborant faoliyat yuritmoqda. Laboratoriyada geofizik tadqiqotlar va olingan ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan holda qayta ishlash uchun asbob va uskunalar mavjud.


1. Yusupov Valijon Rustamovich – falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
2. Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi.
3. Maqsudov Sabitjon Hamidovich – fizika-matematika fanlari doktori, åtakchi ilmiy xodim.
4. Hasanova Gulhayo Isrofilovna – falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, profesor.
5. Sagdullayeva Kamola Abdullayevna – kichik ilmiy xodim.
6. Sattorova Nazokat Azimovna – Stajyor tadqiqotchi
7. Begmatov Xasan Ulugbek o‘g‘li – muhandis
8. Bobonazarov Diyorbek Botir o‘g‘li – muhandis
9. Mirzaxmedov Kamoliddin Sadreddinovich – muhandis
10. Salimov Ihom Mansur o‘g‘li – muhandis
11. Xakimov Elbek Nodirjon o‘g‘li – laborant
12. Mardiyeva Mehrinso Abbos qizi – laborant

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO'NALISHLARI:: Yer qobig'idagi elektromagnit hodisalarni, zilzila darakchilari kompleksining makon va zamonda namoyon bo'lishi xususiyatlarini o'rganish. Zilzilalarni prognozlash usullari tizimining nazariy asoslarini, zilzilalarni tayyorlanish jarayonlarining geofizik modellarini ishlab chiqish. Suv omborlari, årosti gaz omborlari, gaz va neft konlaridan foydalanish rejimining elektromagnit maydonlar variatsiyalarining xususiyatlariga ta'sirini tadqiq qilish.

ILMIY YUTUQLAR: JAHON AMALIYOTIDA NOYOB BO'LGAN QUYIDAGI NATIJALAR OLINDI, ULARNING AKSARIYATI BIRINCHI MAROTABA BAJARILDI:

- birinchi marta årosti gaz omborining ish rejimi bilan bog'liq bo'lgan magnit maydonning anomal o'zgarishi aniqlandi;

- Chorvoq suv ombori hududida, gaz va neft konlari (Sho'rtan, Pamuk, Zevarda, Ko'kdumaloq va b.) ning hududlarida va sodir bo'lgan kuchli zilzila epitsentrlari (Tovoqsoy, 1977, Isfara-Botken, 1977, Nazarbek, 1980, Gazli 1976, 1984, Chimion, 1982, Pop, 1984, Hamzaobod, 1985, Izboskan, 1992, Qamashi, 1999, 2001, Kon, 2011, Marjonbuloq, 2013 va b.)da tadqiqot ishlari o'tkazildi;

- 1980-yil 11-dekabrdagi Nazarbek zilzilasi epitsentrida (M=5.5) birinchi marta o'choqdagi seysmik rejimning zaiflashishi bilan bog'liq bo'lgan geomagnit maydon intensivligining sekin pasayishi aniqlandi;

- jahon amaliyotida birinchi marta 1976-yil 17-mayda M=7.3 magnitudali eng kuchli Gazli zilzilasi o'chog'i tepasida magnit maydonining yuqori aniqlikdagi o'lchovlari asosiy silkinishdan oldin, ayni vaqtida va undan keyin amalga oshirildi. Bu zilzila epitsentridan 70-80 foizgacha magnit maydonining ko'rfazsimon variatsiyasi amplitudasi buzilishining natijasi edi. Ko'rfazsimon variatsiyalar 1982-yil 6-maydagi M=5,8ga ega Chimion zilzilasida ham aniqlangan edi;

- Sharqiy Farg'ona geodinamik sinov poligonida 10 yil davomida muntazam 15 kunlik chastotada 40 ta punktda takroriy magnit maydonni tasvirga olish o'tkazilib, tadqiqotlar natijasida muyayyan zilzilalar bilan bog'liq bo'lgan bir necha magnit maydoni anomaliyalarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va yo‘qolishini kuzatish mumkin bo‘ldi. (Oloy, 1978-yil 2-noyabr, M=6,8; Chimion, 1982-yil 6-may, M=5,8; Pop, 1984-yil 18-fevral, M=5,5 va b.);

<

- Sharqiy Farg'ona geodinamik poligonida intensivligi bir nechadan 23nTl.gacha bo'lgan qisqa muddatli magnit anomaliyalari ham aniqlandi. Andijon stansiyasida 1978-yil 2-noyabrdagi Oloy zilzilasi (M=6.8) epitsentridan 120-130 km masofada 23nTl. intensivlik bilan namoyon bo‘lgan anomal o‘zgarish katta qiziqish uyg‘otdi. O‘ziga xos vaqti 1 haftaga teng. Zilzila silkinishdan 6 soat oldin ushbu va boshqa kuzatuvlar asosida prognoz qilingan. AQSH Astronomiya jamiyatining geofizika jurnalida chop etilgan maqolaning mazmuni 1982-yil 20-yanvarda “The times” gazetasida keng sharhlangan;

- Andijon-Quvasoy-Isfara-Qayroqqum-Markaziy Qizilqum yo'nalishi va uyog'iga shimoli-g'arbiy tomon yo'nalish bo'yicha Janubiy Farg'ona chuqurlik yorig'i bo'ylab subkenglik yo'nalishida o'tadigan år qobig'ining anomal elektr o'tkazuvchanligi bo'lgan zonasi aniqlandi;
- qazib olinayotgan gaz va neft konlarida tadqiqotlar o'tkazildi. Masalan, Sho'rtan gaz koni hududida maydonning o'zgarishi qazib olingan gaz hajmi (Q) va qatlam bosimining o'zgarishi (P) bilan aniq bog'lanadi. Lokal magnit maydonning o'zgarishi va ish parametrlari o'rtasidagi korrelyatsiya koeffitsienti Q va P uchun mos ravishda 0,98 va 0,95 ni tashkil etadi. Xuddi shunday natijalar Pamuk-Zevardi neft va gazli tuzilmalar guruhi, Ko'kdumaloq, Xauzak-Shodi konlarida o'tkazilgan geomagnit tadqiqotlar paytida olindi;

-

- ko'p yillik geomagnit maydonning variatsiyasi o'zgaruvchanligi tadqiqotlari natijalarining tahlili va umumlashtirishlari asosida, zilzilalarni tayyorlanish bosqichlari bilan bog'liq bo'lgan to'rt turdagi anomal variatsiyalarning makon-zamon va amplituda-chastota xususiyatlari, hatto ba'zida namoyon bo'lishidagi qonuniyatlar aniqlandi. Ularning uch turi zilzilalargacha namoyon bo'ladigan uzoq muddatli, o'rta muddatli va qisqa muddatli bo'lib, to'rtinchi turi esa aftershok bilan bog'liq;

Talabalarga dala amaliyot o’tish jarayonlari
- ushbu tadqiqotlar natijalari va O'zbekistonning geodinamik poligonlarida olingan ma'lumotlar birgalikda uzoq muddatli va o'rta muddatli darakchilarning namoyon bo'lish davomiyligi va zilzilalar magnitudasi o'rtasidagi to'g'ri chiziqli empirik aloqani topishga imkon berdi;

- zilzilalarni tayyorlanish va namoyon bo'lishining turli bosqichlari bilan bog'liq uzoq muddatli dala tajribalari natijasida aniqlangan elektromagnit maydonlarning 4 turdagi anomal variatsiyalari asosida, zilzilalarni tayyorlanish jarayonlarining 4 bosqichli geofizik modeli taklif qilindi. O'rta muddatli darakchilarning makon-zamon parametrlari va zilzilalarning magnitudalari o'rtasidagi empirik bog‘liqliklar aniqlashtirildi;

- jahon rasadxonalari tarmog'idagi geomagnit maydon asriy harakatining o'rtacha yillik ma'lumotlarini tahlil qilish natijasida, magnit maydonning år qobig'ining faol seysmotektonik sohalariga to'g'ri kelgan 15-25 yillik o'ziga xos davrlari bo'lgan sekin anomal o'zgarishlari aniqlandi;

- Dusheti (Tbilisi)dagi Yevropa geomagnit observatoriyalari tarmog'ining o'rtacha yillik ma'lumotlarining tahlili asosida 1920 yildagi M=6.5 magnitudali Gori zilzilasi bilan bog'liq bo'lgan magnit maydonida sekin anomal o'zgarish aniqlandi. Zilzilalarning darakchilari bo‘lgan anomal variatsiyalar, asosan, seysmogen zonalarda namoyon bo'ladi. Seysmogen zonalar o'qi bo'ylab anomaliyalar yoyilishning ko'ndalangiga qaraganda ancha katta masofalarga tarqaladi;

- Chorvoq poligonida suv omborining ishlash tartibi bilan bir qatorda mintaqada yuz bergan bir qator zilzilalar bilan bog'liq bo'lgan geomagnit maydonning anomal variatsiyalari aniqlandi; - darakchilar kompleksining sekin o'zgarishi vaqti bilan T=4M-14 formulasi bilan empirik tarzda ifodalanadigan zilzilalar magnitudasi o'rtasidagi bog'liqlik aniqlandi;

- vaqt va makonda darakchilarning namoyon bo'lish xususiyatlari aniqlandi, magnitudaga qarab masofa va vaqt bo'yicha darakchilarning namoyon bo'lish o'lchamlarini ko'rsatadigan empirik formulalar aniqlandi;

- darakchilarni o'rganish va zilzilalarni prognoz qilish bo'yicha turli (statsionar, maydonli takroriy, marshrutli va boshqa) kuzatuvlarni olib borish bo'yicha yo'riqnoma ishlab chiqildi;

- O'zbekistonda seysmolog-magnitologlar katta guruhining paydo bo'lishi va geofiziklar ilmiy maktabining yaratilishi asosiy natija hisoblanadi.
- kuchli zilzilalar darakchilari texnogen ob’ektlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan anomal o‘zgarishlar bilan bir qatorda tabiati hozircha aniqlanmagan magnit maydon anomalyalari ham qayd qilindi. Ushbu anomalyalar turli vaqt, qiymat va shaklga ega. Toshkent, Farg‘ona geodinamik poligonlarida ko‘plab qayd qilindi.
Geofizik maydonlar variatsiyasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan 1966-2020-yillarda 630 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30ga yaqin monografiyalar chop etildi, ixtiro uchun 8ta mualliflik guvohnomalari va patentlarni olindi; 4ta doktorlik va 10ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

<

LABORATORIYANING 2020-2024-YILLARDA E'LON QILINGAN ENG MUHIM ILMIY ISHLARI:
1. Abdullabekov K.N., Yusupov V.R., Some Results of the Study of Variations of Electromagnetic Fields Caused by Different-Rank Seismogeodynamic Processes and the Mode of Operation of Man-Made Objects International Journal of Magnetics and Electromagnetism (England) ISSN: 2631-5068. 2020y рр.2-9
2. Yusupov V.R., Shukurov Z.F., Yadigarov E.M. Analysis of the geomagnetic field and vertical movement near the intersection of Karjantau and Tavaksay faults in Uzbekistan Geodesy and Geodynamics 12 (2021) рр.102-109
3. S. Kh. Maksudov, K. N. Abdullabekov, A.I.Tuichiev, Yusupov V.R. Geomagnetic Field Variations Caused by the Processes Occurring at Different Depths in the Earth’s Crust and Upper Mantle. Physics of the Solid Earth, 2021, Vol. 57, No. 3 рр.295–308
4. K.N.Abdullabekov, Yusupov V.R. Models (form) of long-, medium- and short-term earthquake precursors Geodesy and Geodynamics 13 2022 https://doi.org/10.1016/j.geog.2022.07.002 рр. 609-618
5. Yusupov Valijon, Soloviev Anatoly, Sidorov Roman. Studying diurnal and secular variations of the Earth's magnetic field using data from Yangibazar magnetic observatory (Uzbekistan) // Volume 22 № 6 pp. 2-14
6. Абдуллабеков К.Н., Юсупов В.Р. Особенности проявления предвестников землетрясений в разноранговых геотектонических структурах // Геология и минеральные ресурсы. 2023. №1., С.66 – 70
7. Абдуллабеков К.Н., ЮсуповВ.Р. “Закономерности проявления землетрясений” «ДАН РУз». 2023 № 1., С.92 - 98.
8. K.N.Abdullabekov, Maksudov S.Kh., Yusupov V.R. Results of Geomagnetic Studies on the Problem of Forecasting Strong Earthquakes in Uzbekistan // International Journal of Geosciences Vol.14 No.5, May 2023 pp. 437-449 https://www.scirp.org/journal/paperinformation.aspx?paperid=125377
9. Абдуллабеков К.Н., Юсупов В.Р. Некоторые закономерности проявления землетрясений по магнитометрическим и другим данным // Журнал «Разведка и охрана недр» №12. 2023.- С. 45 - 51. ttps://doi.org/10.2205/2022ES000815