O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

G'.O. MAVLONOV NOMIDAGI SEYSMOLOGIYA INSTITUTI




"Seysmotektonika va seysmogeodinamika" laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri - fizika-matematika fanlari nomzodi Ulfat Amonovich Nurmatov

1. Laboratoriya tarixi

“Seysmotektonika va seysmogeodinamika” laboratoriyasining asosiy ilmiy yo‘nalishi zilzilalarni vujudga kelishining geologik omillari va sharoitlarini, yer qobig‘i va uning turli o‘lchamdagi bo‘laklari doirasida kuchlanganlik xolatlarini vujudga kelishini, taqsimlanishi qonuniyatlarini o‘rganish asosida kuchli zilzilalar manbalarini aniqlash, ularning seysmik potensialini baxolash, faollanish davrlarini uzoq muddatli prognozlash va seysmik xavfni baxolashning seysmotektonik asoslarini yaratishdan iborat.

Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

1. Respublika xududining geologo-tektonik tuzilishini taxlil qilish, mavjud tektonik strukturalarning rivojlanish tarixini, yangi davrdagi (noveyshiy etap) va zamonaviy xarakatlarini o‘rganish, geodinamik modellarini yaratish;
2. Yer qobig‘ining blokli, yoriqli va qatlamli tuzilishini taxlil qilish va geodinamik bloklar va ularning kuchlanganlik xolatini zilzilalar manbalarini shakllanishidagi o‘rnini baxolash;
3. Yer qobig‘ining turli kattalikdagi (rangdagi) geodinamik bloklarini, ularni chegaralab turgan va zilzilalar manbai bo‘lgan yirik yer yoriqlarini aniqlash, ularni morfologiyalarini o‘rganish va xaritalash;
4. Ajratilgan yirik tektonik yer yoriqlarining seysmik potensialini kompleks usullar orqali baxolash;
5. Respublika xududining chiziqli (seysmogen) va maydonli zilzila manbaalarini ajratish, ularni seysmik potensialini va faollanish davrlarini baxolash;
6. Respublika seysmik faol xududlarini kompleks geologo-geofizik va seysmologik va geodinamik ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan seysmotektonik modellarini yaratish;
7. Respublika xududining turli masshtabda seysmik rayonlashtirishning (umumiy, mukammal va mikrorseysmik) seysmotektonik asoslarini yaratish;
8. Kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda ularning epitsentral zonalarida seysmotektonik kuzatuv ishlarini olib borish va zilzilani yuzaga kelishining seysmotektonik xususiyatlarini baxolash;
9. Respublika xududida paleo- va arxeoseysmologik izlanishlarni olib borish;

2. Laboratoriya xodimlarining tarkibi:

1. Nurmatov U.A., fizika-matematika fanlari nomzodi, laboratoriya mudiri;

2. Sodiqov YU.M., geologiya va mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;

3. Usmanova M.T., fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim;

4. Shukurov Z.D. (PhD), katta ilmiy xodim;

5. Yusupdjanova U.A., katta ilmiy xodim;

6. Kultaev S.K. – kichik ilmiy xodim.

7. Rashidov A.A. - muxandis

3. Laboratoriyaning ilmiy yo'nalishlari:

- Markaziy Osiyo va O'zbekiston hududlarining zamonaviy geodinamikasini o'rganish;

- litosfera va yer qobig'ining turli masshtabdagi tektonik tuzilmalarining shakllanishi va rivojlanishi sabablari, sharoitlarini o'rganish, geodinamik va seysmik jarayonlarning ehtimoliy manbalarini baholash;

- litosferaning geodinamik modellarini yaratish va ularning seysmiklik bilan o'zaro bog'liqligini o'rganish;

- zilzilalarning o'ziga xos xususiyatlari va tektonik holatini o'rganish;

- turli masshtabdagi seysmik rayonlashtirish (umumiy seysmik rayonlashtirish, batafsil seysmik rayonlashtirish, seysmik mikrorayonlashtirish)ning seysmotektonik asoslarini yaratish;

- yer qobig'ining bloklari, seysmogen va o'choq zonalarning kuchlanganlik-deformatsiyalangan holati modelini o'rganish va tuzish;

- yer qobig'ining zamonaviy harakatlarini yerusti va masofaviy usullar bilan o'rganish;

- zilzilalarning joylashuvi va kuchini uzoq muddatli prognoz qilish uchun geologo-geofizik va tektonik asoslarni yaratish;

- seysmotektonik va geodinamik usullar majmuasidan foydalangan holda, xalq xo'jaligidagi loyihalashtirilayotgan ob'yektlarining dastlabki seysmikligini baholash.

4. Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:

- yer qobig'ining geologik-geofizik, tektonik, seysmologik xususiyatlarini o'rganish asosida, O'zbekiston hududining zamonaviy seysmik xususiyatlarining asosiy geologik mezonlari aniqlandi;

- 1:1000000 masshtabida O'zbekiston seysmotektonika xaritasi tuzildi (xarita mualliflari: Ibragimov R.N., Abdulabekov K.N., Sodiqov Yu.M. va boshqalar);

- seysmiklik va seysmotektonik xususiyatlarning geologik mezonlari asosida O'zbekistonning asosiy seysmogen zonalari aniqlandi, ularning seysmotektonik salohiyati baholandi;

- batafsil geologik va seysmologik materiallar asosida yirik yoriqlarning dinamik ta'sir zonalari o'rganildi, seysmogen zonalarning parametrlari miqdoriy baholandi;

- 1:1000000 va 1:500000 masshtabda O'zbekiston va unga tutash hududlarning seysmogen (o'choq) zonalari xaritalari tuzildi (2011);

- tegishli institutlar va laboratoriyalar bilan birgalikda mintaqadagi geodinamik vaziyatni va zamonaviy seysmiklikni nazorat qiluvchi Markaziy Osiyodagi o'ta yangi faol tektonik yoriqlar xaritasi tuzildi;

- so'nggi 10-12 ming yildagi yosh va zamonaviy tektonik harakatlarni o'rganishning uslubiy kompleksi ishlab chiqildi. O'zbekiston misolida zamonaviy geodinamik jarayonlarning genetik tasnifi tuzildi;

- Umumiy seysmik rayonlashtirish-78, Umumiy seysmik rayonlashtirish-1980, Umumiy seysmik rayonlashtirish-2002, Umumiy seysmik rayonlashtirish-2011 xaritalarining geologik va tektonik asoslari tayyorlandi. O'zbekiston hududini umumiy seysmik rayonlashtirish – Umumiy seysmik rayonlashtirish-78 xaritasini yaratishda faol ishtirok etganligi uchun "Seysmektektonika" laboratoriyasining o'sha paytdagi rahbari Ibragimov R.N. A.R.Beruniy nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo'ldi;

- 1:1000000 masshtabida O'zbekiston umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasining seysmotektonik versiyasi tuzildi (2011-y.):

- batafsil seysmik rayonlashtirish xaritalarini tuzishning ilmiy asoslari va metodologiyasi ishlab chiqildi, 1:500000 masshtabida Toshkent viloyatining batafsil seysmik rayonlashtirish xaritasi versiyasi tuzildi;

- “Mintaqaviy muhandislik geologiyasi” laboratoriyasi bilan birgalikda seysmotektonik, seysmologik va muhandislik-geologik parametrlari kompleksi bo'yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy baholash metodologiyasi ishlab chiqildi, 1:1000000 masshtabida seysmologik va muhandislik-geologik zarar yetkazuvchi omillar kompleksi bo'yicha Sharqiy O'zbekiston hududining tiplashtirish xaritasi tuzildi;

- laboratoriya tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekistonning seysmogen zonalari xaritasi dastlabki seysmiklikni baholash va respublika shaharlari hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini tuzish, qurilayotgan xalq xo'jaligi ob'yektlari uchun seysmologiya xulosalarini berishda seysmotektonik asos sifatida qabul qilindi;

- O'zbekistonning tanlangan seysmogen zonalari Yagona davlat kadastrlari tizimiga kiruvchi "Yuqori seysmik xavfli zonalar kadastri"ni tuzishda makonli asos sifatida qabul qilindi;

- tanlangan AES qurilish maydonchalari va unga tutash hududlarda o'tkazilgan seysmotektonik tadqiqotlar natijalari ob'yektning seysmik xavfini baholash uchun qo'llanildi.

5. E'lon qilingan ilmiy ishlar.

Laboratoriya xodimlarining asosiy ilmiy natijalari 500dan ortiq ilmiy maqolalar, to'plamlar va monografiyalarda e'lon qilingan. Laboratoriya xodimlari faol ishtirok etgan jamoaviy monografiyalar quyidagilar:

1. 1966-yil 26-apreldagi Toshkent zilzilasi (1971).

2. 1976 va 1984-yillardagi Gazli zilzilalari (1986)

3. 1977-yildagi Isfara-Botken va Tovoqsoy zilzilalari (1981).

4. 1984-yildagi Pop zilzilasi (1986).

5. O'zbekiston ayrim hududlarining seysmotektonikasi (1980).

6. SSSR hududini seysmik rayonlashtirish (1980).

7. O'zbekistonda seysmik rayonlashtirish va zilzilalarni prognoz qilish (2002).

Laboratoriya xodimlarining monografiyalari.

1. Farg'ona havzasining seysmotektonikasi (Ibragimov R.N., 1970).

2. O'rta Tyan-Shan seysmogen zonalari (Ibragimov, 1978).

3. Chotqol-Kuramin mintaqasining paleoseysmogeologiyasi (Xo'jayev, 1985).

4. G'arbiy O'zbekistonning seysmik xavfini geologik va geofizik ma'lumotlar bo'yicha miqdoriy baholash (Ziyaudinov, Sodiqov, 1987).

5. G'arbiy Tyan-Shan neotektonikasi va tektodinamikasi (Xo'jayev, Naymark, 1988).

6. Yer qobig'ining zamonaviy harakatlari va seysmiklik (Golovkov, Nurmatov, Normirzaev, 1990).

2018-2020 yillarda ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalar:

1. Исмаилов В.А., НурматовУ.А.,Ибрагимов А.Х., Хусмиддинов А.С. О последствиях Бахмальского землетрясения 29 сентября 2017 года. Геология и минеральные ресурсы. №1,2018. С.35-39.

2. Yusupov Sh.S., Nurmatov U.A.,Shin L., Yusupdjanova U.A. Internationals Journal of Geology, Earth and Environmental Sciences. Ctnter For Info Dio Techoloy (CIBTtch), Jaipur, India.p.23-31.,2018.

3. Нурматов У.А.Особенности пространственного распределения землетрясений в разномасштабных тектонических структурах. Сейсмология муаммолари. 2019, №2,48-53.

4. Садыков Ю.М.,Атабеков И.У.,Нурматов У.А.Особенности современной геодинамики области взаимодействия Туранской эпипалеозойской плиты т западной части эпиплатформенного орогена Тянь-Шаня. Жур. Сейсмология муаммолари. №.1, 2019. С. 25-32.

5. Корженков А.М., Усманова М.Т., Анарбаев А.А., Максудов Ф.А., Муродалиев Р.Х., Захидов Т.К., Рахмонов З.О. Недооцененная сейсмическая опасность Ферганской впадины: новые данные археосейсмологии. // Россия,, г.Москва, журнал Геофизические процессы и биосфера, 2019, Т.18, № 3, С. 77-90.

6. Усманова М.Т. Некоторые закономерности сейсмичности Центрального и Западного Узбекистана. Периодический научно-технический журнал Национального Ядерного Центра Республики Казахстан. // г. Курчатов, Казахстан, Вестник НЯЦ РК, Выпуск 2, июнь, 2019, С. 88-97.

7. Усманова М.Т., Джураев А., Фролова А.Г., Нурматов У.А., Икрамова Д.А., Саттарова А.М. Туябугузское землетрясение 25 мая 2013 г. с Kр=14.1, ms=5.2, I0=7 (Приташкентский район, Узбекистан). В ежегоднике «Землетрясения Северной Евразии» за 2013 год. // Обнинск, Россия, Выпуск №22 (2013г.), 2019, С. 397-409.

8. Усманова М.Т., Джураев А., Шерматов М.Ш., Фролова А.Г., Саттарова А.М. Маржанбулакское землетрясение 26 мая 2013 г. с КР=15.0, MS=5.9, I0=8 (Узбекистан, Джизакская область). В ежегоднике «Землетрясения Северной Евразии» за 2013 год. // Обнинск, Россия, Выпуск №22 (2013г.), 2019, С. 409-421.

9. Korzhenkov, A.M. , Usmanova M.T., Anarbaev A. A., Maksudov, F. A., Murudaliev R. Kh., Zakhidov T. K., and Rakhmanov Z. O. Underestimated Seismic Hazard of the Ferghana Depression: New Archeoseismological Data. ISSN 0001-4338, In Journal “Izvestiya, Atmospheric and Oceanic Physics,” 2019, Vol. 55, No. 10, © Pleiades Publishing, Ltd., 2019, P. 1536–1546.

10. Максудов С.Х., Юсупов В.Р., Ядигаров Э.М. Шукуров З.Ф. Результаты магниторазведочной съемки на территории Чимкурганского местораждения. Журнал “Геология и минеральные ресурсы”. - Ташкент: Изд. “АН РУз” – 2019. - № 4. C.50-52.

11. Захидов Т.К., Турапов М.К., Усманова М.Т. Аномальные мегатрешины Южного Тянь-Шаня и взаимосвязь их с сейсмичностью. // Ташкент, журн. Геология и минеральные ресурсы, 2020, № 1, С.64-68.

12. Корженков А.М., Усманова М.Т., Анарбаев А.А., Саидов М., Насриддинов Ш., Захидов Т.К. Сейсмические деформации в археологических памятниках Мугкалъа и Мугтепа (Ферганская впадина, Узбекистан). // Вопросы инженерной сейсмологии, ISSN 0132-2826, 2020. Т. 47, № 3, C. 5–27.

13. Шукуров З.Ф. GNSS ўлчов маълумотларини GAMIT-GLOBK муҳитида қайта ишлаш ва таҳлил қилиш. “Seysmologiya muammolari” журнали. - Тошкент: Нашр. “ЎзР ФА” – 2020. - № 1. 23-31

14. Садыков Ю.М., Нурматов У.А., Юсупджанова У.А. Сейсмотектоническая модель Центральной части Узбекистана. Журн. Сейсмология муаммолари, 2020, №1.С.32-39.