Seysmoprognostik ma’lumotlarni kompleks taxlil qilish
Alisher Vaxobjonovich Rasulov
Labratoriyaning ilmiy yo‘nalishi respublikada, geodinamik poligonlarda, yirik texnogen ob’ektlar (yirik suv omborlari, uglevodorod konlari va x.k.) xududlarida zilzilalarni qayd qilish, prognozlash bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli monitoring natijalarini zamonaviy matematik statistika usullari orqali, xududlarni geologo-tektonik tuzilishlarini, geodinamik va kuchlanganlik xolatlarini xisobga olgan xolda kompleks taxlil qilishga, olingan natijalar asosida respublika va viloyatlar xududlarini seysmik xolatini yillik, chorak, oylik va xaftalik vaqtlar kesimida baxolab borishga qaratilgan
Laboratoriyaning asosiy vazifalari:
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, tegishli laboratoriyalar tomonidan olib borilayotgan seysmik va seysmoprognostik monitoring natijalarini kompleks taxlil qilish;
2. kuzatuv natijalaridan darakchi sifatidagi anomal o‘zgarishlarni zamonaviy matematik apparatlar yordamida ajratish, ishonchlilik darajasini baxolash;
3. anomal o‘zgarishlar ko‘rsatkichlarini zilzilalarni tayyorlanishi va sodir bo‘lishining mavjud modellari bilan solishtirib taxlil qilish;
4. darakchi sifatidagi anomal o‘zgarishlarni dinamikasini nazorat qilib borish va zilzilaning sodir bo‘lishini extimoliy baxolash;
5. respublika va viloyatlar xududlarini seysmik vaziyatini yillik, chorak, oylik va xaftalik vaqtlar kesimida baxolab borish;
6. Seysmolgiya instituti va FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xodimlaridan tashkil topgan “Zilzilalarni prognozlash bo‘yicha idoralararo ekspert guruxi” ishida ishtirok etish;
7. Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, xamda Seysmolgiya instituti laboratoriyalari tomonidan olib borilayotgan seysmik kuzatuv natijalarini umumlashtirish, yagona tizimga keltirish va respublika va unga yondosh xududlarda sodir bo‘lgan zilzilalar yagona katalogini shakllantirish.