III. Tarix-ilmiy, uslubiy va amaliy natijalar
Laboratoriyaning ilmiy va amaliy yutuqlarga erishishida S.M. Qosimov, A.M.Xudaybergenov, M.Sh.Shermatov, T.S.Valiyev, S.A. Abdurahmonov, B.M.Mardonov, Yu.K.Chernov, N.M.Jo'rayev, A.Jo'rayev, A.U.To'raxo'jayev, R.A.Tillaboyev, K.Sh.Nurmuhamedov, M.U.Mengliboyev, V.A.Ismailov, D.B.Zaynutdinova, S.A.Tyagunov, V.Yu.Sokolov, R.Sh.Inog'omov, M.N.Kenesarin, Sh.X.Abdullayev, M.A.To'ychiyeva, N.G.Mavlonova, M.M.Zokirov, R.T.Yunusxojiyev, Z.Y.Ahmedov, N.Latipxo'jayev, V.P.Razmolodin, A.B.Pavlov va boshqalar kabi ilmiy xodimlar salmoqli hissa qo'shishgan.
Gazli (1976-1984), Qayroqqum (1985), Karpat (1986), Spitak (1988), Susamir (1993) kabi halokatli va boshqa kuchli zilzilalarning oqibatlari batafsil o'rganildi. Grunt sharoitlari va seysmik tebranishlar parametrlariga qarab turli xil ko'p qavatli va konstruksiyali inshootlarning buzilish xususiyatlari aniqlandi. Dispers gruntlarning tarqalishi hududida rezonans effektining namoyon bo'lish xususiyatlari aniqlanib, bu Toshkent shahri hududini seysmik mikrorayonlashtirish xaritasini tuzishga imkon berdi.
Mamlakat hududida seysmik rayonlashtirish va seysmik riskni baholash uchun makroseysmik asos hisoblangan 1970-2018-yillar davridagi kuchli zilzilalar izoseyst xaritalari katalogi tuzildi. Katalogdagi ayrim xaritalar 1997-yilda Yevrosiyoni va 2002-yilda O'zbekiston hududini seysmik rayonlashtirishda qo'llanildi.
O'zbekiston hududida AES qurilishi uchun alternativ maydon tanlandi.
Farg'ona vodiysi, Markaziy Qizilqum va Toshkentoldi mintaqasi hududlarini mukammal seysmik rayonlashtirishning muhandis-seysmogeologik asosi yaratildi.
Seysmik intensivlikka mintaqaviy-geologik, tarkibiy-tektonik va muhandis-geologik omillarning o'ziga xos xususiyatlari ta'sirlarini hisobga olgan holda, shahar hududlarini seysmik mikrorayonlashtirish usullari takomillashtirildi. O‘zbekistonning 27 ta yirik shaharlarini seysmik mikrorayonlashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi va qurilish-loyiha tashkilotlariga SMR xaritalari ishlab chiqilib, ular O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasi tomonidan qurilish uchun me‘yoriy hujjatlar sifatida tasdiqlandi.
O‘rta Osiyo respublikalari hududida keng tarqalgan mahalliy qurilish materiallaridan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga yetkazilgan zararning makroseysmik tekshiruvi materiallari bo'yicha seysmik intensivlikni baholash uslubiyoti takomillashtirildi. O'zbekistonning seysmik faol hududlaridagi muhandis-seysmogeologik sharoitlarga bog‘liq ravishda har xil turdagi yakka tartibdagi binolarning qurilishi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dispers gruntlar seysmik xususiyatlarining gruntning granulometrik tarkibiga, uning skelet zichligi, namligi, g‘ovaklilik va yutilish koeffitsientlariga bog'liqligi aniqlandi. Respublika hududida keng tarqalgan dispers gruntlarning har bir turi uchun seysmik jadallik orttirmasini baholash maqsadida, gruntning muhandis-geologik xususiyatlari bilan seysmik to'lqinlarning tarqalish tezligi o'rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi.
Kompleks muhandis-geologik va seysmologik tadqiqotlar asosida, “Chinoz”, “To‘y-Tepa” va “Pskent” sinov maydonlarida lyoss massivlarda seysmik yer yorig‘i deformatsiyalarning rivojlanish qonuniyatlari aniqlandi va lyoss qatlamlarda seysmik yorilish jarayonlarini keltirib chiqaradigan seysmik tebranishlarning miqdoriy parametrlari belgilandi.
Texnogen ta‘sirlarga qadar va undan keyingi grunt tebranishlari amplituda va chastotali xususiyatlarining o'zgarishiga sabab bo'ladigan grunt sharoitlaridagi texnogen o'zgarishlarning seysmik tebranishlar parametrlariga ta'siri o'rganildi va miqdoriy jihatdan aniqlandi. Har xil turdagi cho‘kuvchan gruntlarning muhandis-geologik va seysmik xususiyatlari batafsil o'rganildi. Cho‘kuvchan gruntlarning tarqalishi hududidagi seysmik effekt, ularning turi va tarkibiga, hosil bo'lish sharoitiga, qatlam qalinligiga va yerosti suvlarining yotish chuqirligiga qarab o'zgarishi aniqlandi.
Ichan Qal'a (Xiva), Registon maydoni (Samarqand), Ark (Buxoro), “Ko‘kaldosh” madrasasi (Toshkent) va boshqalar kabi tarixiy me'moriy yodgorliklar joylashgan hududlarda kompleks muhandis-seysmologik tadqiqotlar olib borildi, ularning asoslarini saqlash va mustahkamlash bo'yicha tavsiyalar berildi.
Qurilish maydonlarining seysmikligini aniqlash uchun gruntning seysmik xususiyatlari bo‘yicha tasnifi ishlab chiqilib, u “Qurilish me'yorlari va qoidalari” (KMK 2.01.03-19) da O‘zbekistonning seysmik mintaqalarida qurilish uchun me’yoriy hujjat sifatida qabul qilindi.
"O‘zLITI" AJ va O‘zbekiston Respublikasi FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti (RTS Uz 836-97): "6 balldan 10 ballgacha zilzila intensivligini aniqlash shkalasi" ishlab chiqildi.
Seysmik ta'sir intensivligi o‘zgarishining aniqlangan mintaqaviy va mahalliy xususiyatlari hamda turli binolar va imoratlarning seysmik zaifligini baholash asosida turli hududiy darajalar (ma'muriy mintaqa, shahar qurilishi va qurilish maydoni)da seysmik xavfni baholashning muhandis-seysmologik asoslari ishlab chiqildi.
IV. Xalqaro loyihalarda ishtiroki.
1. BMTning 1989-yil 22-dekabrdagi 44/236-son rezolyutsiyasi doirasida "IDNDR-RADIUS" "Toshkent shahrining seysmik riskini baholash" 1996-1997 yillardagi loyihasi.
V. Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, ilmiy ishlar va maqolalar.
1. Toshkent shahri hududini seysmik mikrorayonlashtirish (1969)
2. O'zbekistonda gidrotexnika inshootlari maydonlarini seysmik mikrorayonlashtirish (1974).
3. Chirchiq shahrini seysmik mikrorayonlashtirish va usullarning ba'zi masalalari (1977).
4. O'zbekistondagi lyoss jinslarining fizik-kimyoviy, muhandis-geologik va seysmik xususiyatlari (1978).
5. Batafsil seysmik rayonlashtirish va mikrorayonlashtirishning muhandislik va seysmogeologik asoslari (O'zSSR misolida) (1979).
6. Farg'ona vodiysidagi shaharlarni seysmik mikrorayonlashtirish (1982).
7. Nishablanish jarayonlarining shakllanishi va ularning seysmiklik bilan aloqasi (1984).
8. Muhandislik va geologik muammolarini qidirish ishlari geofizikasi usuli bilan hal qilish (1985).
9. 1976 yilgi Gazli zilzilalarining grunt sharoiti bilan bog'liq ta'siri (1985).
10. Chirchiq-Ohangaron havzasining grunt sharoitidagi seysmik ta'sir (1987).
11. 1984-1985-yillarda O'zbekistondagi kuchli zilzilalar. (epitsentr zonasida kuzatishlar, kuchli yer siljishlarining qaydlari va spektrlari) (1988).
12. Gruntning kuchli harakatlanishi va hududning seysmik xavfini miqdoriy baholash (1989).
13. O'zbekiston shaharlarining geoekologiyasi va seysmoekologiyasi (2014).
14. Yakka tartibdagi imorat soluvchilar uchun ko'rsatmalar (2015).
15. Shaharlashgan hududlarda muhandis-geologik sharoitlar va seysmik risk omillarining shakllanishi va o'zgarishi qonuniyatlari (2015).
16. Toshkent shahri yerosti makonining muhandis-geologik sharoitlari (2015).
17. Geologik muhitdagi tabiiy va texnogen o'zgarishlarning shakllanish qonuniyatlari (2016)
18. Seysmik riskning muhandis- seysmologik asoslari. Toshkent: (2021)
19. Методическое руководство По детальному сейсмическому районированию и микрорайонированию для градостроительного планирования. Rasmiy nashr (O‘zbekcha-ruscha). Toshkent 2023.
20. Детальное сейсмическое районирование и микрорайонирование территории крупных городов Ферганской долины. Ташкент 2023.
Ilmiy-amaliy anjumanlarda va boshqa ilmiy to‘plamlarda chop etilgan nashrlar:
1. Bozorov J.Sh., Mansurov A.F., Yakubov Sh.R., Chaqqonova S.A. Osobennosti proyavleniya ostatochnыx deformatsii v dispersnыx gruntax pri silnыx zemletryaseniyax i k voprosu obespecheniya ix seysmoustoychivosti. “Zilzilada aholini xarakatlanishga tayyorlash va o‘rgatishning innovatsion uslublari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy seminari. Toshkent, 21 aprel 2021 yil. 78-83 b.
2. Bozorov J. Sh., Mansurov A. F., Ro‘zimbaev F. F., Teshaeva R. B Ob izmenenii injenerno-geologicheskix i seysmicheskix svoystv prosadochnыx lessovыx gruntov do i posle ix injenernoy podgotovki "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash muammolari" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy -texnik anjumani 20-21 oktyabr 2021 y. 105-111 b
3. Ismailov V.A., Alimardonov N.Sh., Baxtiyorova R.D., Turdieva M.R. Osobennosti izmeneniya injenerno-geologicheskix usloviy na territorii Tashkenta s glubinoy i ix kartirovanie "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash muammolari" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy -texnik anjumani 20-21 oktyabr 2021 y. 117-124 b.
4. Mamarozikov T.U., Yadigarov E.M., Chakkonova S.A. O fizicheskix svoystvax allyuvialnыx otlojeniy dolinы r.Chirchik po dannыm kompleksnыx geofizicheskix issledovaniy "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash muammolari" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy -texnik anjumani 20-21 oktyabr 2021 y. 132-136 b.
5. Mamarozikov T.U., Yadigarov E.M., Chakkonova S.A. O fizicheskix svoystvax allyuvialnыx otlojeniy dolinы r.Chirchik po dannыm kompleksnыx geofizicheskix issledovaniy "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash muammolari" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani 20-21 oktyabr 2021 y. 132-136 b.
Guvohnomalar:
1. Ismoilov V.A., Xusomiddinov S.S., Sadirov F.X., Xusomiddinov A.S., Avazov Sh.B., Bozorov J.Sh., Mansurov A.F. EHM uchun dastur "Innovation SettlementPassport. Intellektual mulk agentligidan 03.06.2021 yil №DGU12171 raqamli guvoxnoma.
2. Ismailov V.A., Avazov Sh.B., Yodgorov Sh.I., Xusomiddinov A.S., Yadigarov E.M., Aktamov B.U., Sadirov F.X. EHM uchun dastur SeismicRiskAssessment.v.2.0 Intellektual mulk agentligidan 05.10.2021 yil №DGU12542 raqamli guvoxnoma.
3. Ismailov V.A., Matvapaev S.R., Mamaroziqov T.U., Mansurov A.F., Ro‘zimboev F.F., Teshaeva R.B., Chaqqanova S.A., Baxtiyorova R.D., Bozorov J.Sh. EHM uchun dastur REsoft Intellektual mulk agentligidan 05.10.2021 yil №DGU12541 raqamli guvoxnoma.
So‘nggi yillarda nashr etilgan ishlar:
1. Usovershenstvovanno metodicheskie rukovodstva po provedeniyu issledovaniya po «Seysmicheskomu mikrorayonirovaniyu».
2. Ismailov, V., Khusomiddinov, S., Khusomiddinov, A., Yodgorov, SH., Aktamov, B., Avazov, SH. Seismic Risk Assessment of Jizzakh Region. AIP Conference Proceedings 030035. 16 June 2022. https://doi.org/10.1063/5.0089664, 2022b. a
3. Ismailov V.A., Yodgorov Sh.I., Khusomiddinov A.S., Yadigarov E. M., Allayev Sh.B., Aktamov B.U. New classification of soils by seismic properties for the building code in Uzbekistan. Geomechanics and Geoengineering. An International Journal. Published online: 27 Dec 2023. doi.org/10.1080/17486025.2023.2296975
4. Ismailov, V.A., Yodgorov, Sh.I., Allayev, Sh.B., Mamarozikov, T.U., Avazov, Sh.B. Seismic microzoning of the Tashkent territory based on calculation methods. Soil Dynamics and Earthquake Engineering, Vol: 152, Page: 107045. doi.org/10.1016/j.soildyn.2021.107045, 2022a.
5. Ismailov, V., Khusomiddinov, S., Khusomiddinov, A., Yodgorov, SH., Aktamov, B., Avazov, SH. Seismic Risk Assessment of Jizzakh Region. AIP Conference Proceedings 030035. 16 June 2022. https://doi.org/10.1063/5.0089664, 2022.