O‘ZR FA G‘.O.MAVLONOV NOMIDAGI SЕYSMOLOGIYA INSTITUTINING FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
I. UMUMIY QOIDALAR

Tashkil etilish yili – Institut O‘z SSR Ministrlar Sovetining 1966 yil 31 avgustdagi 449-sonli qarori va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidumining 1966 yil 29 oktyabrdagi 19-sonli Buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Institutga 1989 yili uning birinchi direktori, O‘zR FA akademigi G‘.O. Mavlonov nomi berilgan.

Ilmiy salohiyat. Xodimlar soni - 129 ta, jumladan, ilmiy xodimlar soni – 53 ta, shulardan akademiklar – 1 ta, fan doktorlari – 11 ta, fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD) - 16 ta.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi №PF-5066 “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Institutning ikki noyob obyekti – Tezkor xabarlar xizmati va Seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i (217 shtat birligi) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazilgan.

So‘ngi 5 yilda Institutda 4 fan doktori va 10 ta falsafa doktori dissertatsiyalari himoya qilingan, 202 ta ilmiy maqolalar nashr etilgan, jumladan, 66tasi xorijda. 1 ta patent va dasturiy ta’minotlar uchun 16ta guvohnoma olingan. 8 ta monografiya, 8ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan.

Bino va inshootlar. Institut asosiy binosining maydoni - 2904 m2, binolarning foydali maydoni – 2399 m2. maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan xonalar maydoni – 72 m2. Ilmiy uskunalar va orgtexnikalar miqdori – 350 ta.

ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLAR

Maqsadlari: “Turli hududiy darajalarda seysmik xavfni, seysmik ta’sirni va seysmik riskni hamda seysmik rayonlashtirishni baholashning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish; darakchilar kompleksining makon va zamonda namoyon bo‘lishining aniqlangan qonunyatlari va zilzilalarning tayyorlanish jarayonining yangi modeli asosida zilzilalarni qisqa va o‘rta muddatda samarali prognoz qilish tizimini yaratish.
Institutda quyidagi besh ustuvor ilmiy-tadqiqot yo‘nalishalarida fundamental va amaliy tadqiqotlar bajarilmoqda va ilmiy-texnik ishlanmalar ishlab chiqarilmoqda: • Seysmik xavfni baholash va rayonlashtirish: Zilzilalarning tabiati, seysmiklikning vaqt va makondagi qonuniyatlari, ularning har xil seysmotektonik va injener-geologik sharoitlarda namoyon bo‘lishi, turli miqyosdagi seysmik rayonlashtirishlar texnologiyalarini mukammallashtirish; atom elektr stansiyalar obyektlari loyiha maydonining qurilish va undan foydalanish davrida seysmik monitoringini o‘tkazish.
Seysmogen jarayonlarning tabiati va zilzilalarning prognoz qilishning muammolari: Seysmogen jarayonlarning tabiati, zilzila darakchilarining mexanizmi va vaqt-makondagi qonuniyatlarini o‘rganish, mintaqaviy geodinamika, bosqichma-bosqich prognoz qilishning metodologiyasini mukammallashtirish.
Seysmik riskni baholash: har xil miqyosdagi seysmik riskni baholashning muhandis-seysmologik asoslari va texnologiyalarini yaratish. Tabiiy ofatlar riskini yuqori sharoitlarida ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish maqsadida geoekologik xavflar oqibatlarini pronoz qilish metodologiyasini ishlab chiqish.
Texnogen seysmiklik: Yirik gidrotexnik inshootlarning hududlarini seysmik xavfliligini baholash va metodologiyasini rivojlantirish.
Ilmiy muammolari. O‘zbekiston Respublikasi hududi va aholisini seysmik xavfsizligini ta’minlash. Institut favqulodda holatlarni oldini olish va oqibatlarini bataraf etish Davlat tizimining bo‘g‘imidir va seysmik xavfsizlik muammosi doirasida tegishli qo‘shimcha ilmiy- texnik ishlarni bajaradi. Seysmologiya instituti 2002 yildan hozirgacha Birlashgan millatlar tashkilotining “Yadro sinovlarini yalpi taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti” bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1996 yilda imzolagan va Respublika Oliy Majlisi 1997 yilda ratifikatsiya qilgan Shartnomaning texnik qismini bajarib kelmoqda.

ILMIY NOYOB OBYEKTLAR, ASBOBLAR VA USKUNALAR

Kompleks magnit-ionosfera stansiyasi magnitogrammalar arxivi bilan.
«Magnit-ionosfera rasadxonasi» magnit, tellurik, atmosfera elektri va elektromagnit maydonlar tashkil etuvchilarini, ionosfera, kosmik nurlar oqimi, yer sathi og‘ishlari, seysmik tebranishlarni o‘zgarishlarini kuzatish uchun xizmat qiladi. Geofizik monitoring stansiyalari tarmog‘ining tayanch punkti hisoblanadi va planetar geofizik stansiyalar xalqaro tarmog‘i tarkibiga kiradi. Kuzatuvlar ma’lumotlaridan shuningdek geologiya-qidiruv, kartografik va geodezik tadqiqotlarida ham foydalaniladi.
Seysmologik xizmatlar:
Seysmik xavfi yuqori bo‘lgan zonalar kadastri xizmati Davlat yagona kadastri tizimida O‘zbekiston hududidagi seysmik faol zonalar kadastrini tuzish va yangilab borishga ixtisoslashgan.
Axborot-tahliliy markaz (ATM) –monitoring tizimi va seysmologik axborotlar iste’molchilari o‘rtasidagi mantiqiy bo‘g‘im hisoblanadi. Seysmologik monitoring tarmog‘ining integratsion tizimi sifatida seysmik stansiyalarda qayd qilingan zilzilalar va zilzila darakchilari haqidagi dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, dastlabki qayta ishlash, ma’lumotlar bazalarini yaratish va ularni to‘ldirib borish, ichki iste’molchilar va FVDT boshqaruv tizimida foydalanish uchun arxivlash bilan shug‘ullanadi. ATM zamonaviy server bazasi, optik tolali aloqa, telekommunikatsiya tizimlari, dasturiy ta’minot vositalari bilan ta’minlangan.

INSTITUTNING ASOSIY ILMIY NATIJALARI

Fundamental tadqiqotlar sohasida
3ilzilalarni prognoz qilish muammosining fundamental asosini rivojlanishiga zalvorli xissa bo‘lib o‘zbek seysmologlari tomonidan tabiatdagi zilzilalarni tayyorlanish jarayonlariga bog‘liq, avval noma’lum bo‘lgan quyidagi hodisalarni kashf etish bo‘ldi: «3ilzilalarda yerosti suvlarining gaz va komponent tarkibini o‘zgarishi» (№129 kashfiyot, SSSR Kashfiyotlar va ixtirolar bo‘yicha Davlat komitetida 1973 yil 12 iyunda qayd etilgan, prioriteti 1966 yil 12 fevral), «3ilzilalarni tayyorlanishining so‘nggi etapida elektromagnit nurlanishlar», «Tayyorlanayotgan zilzila o‘chog‘i ustida ionosfera elektron qatlamlari modifikatsiyalari». Geofizik maydonlar variatsiyalarida texnogen va seysmogeodinamik tabiatdagi ko‘p sonli anomal o‘zgarishlar aniqlandi. Zilzilalarni tayyorlanishining murakkab mexanik-fizik jarayonini aks ettiruvchi ko‘p sonli uzoq, o‘rta va qisqa muddatli elektromagnit darakchilar va zilzila o‘chog‘ida aftershoklar faolligini so‘nishi bilan bog‘liq variatsiyalar aniqlandi. Geomagnit maydonda Yer qobig‘idagi geodinamik va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan keng spektrdagi anomal o‘zgarishlar aniqlandi. Zilzilalarning uzoq muddatli va qisqa muddatli darakchilarining davomiyligi va kutilayotgan zilzila magnitudasi o‘rtasida empirik bog‘liqliklar aniqlandi, ular uzoq muddatli darakchilar uchun T=4M-14 (yil), o‘rta muddatli darakchilar uchun LgT=0,3M+0,85 (sutka) tenglamalari bilan ifodalandi. Zilzilalarni tayyorlanish jarayonining 4 stadiyali geofizik modeli yaratildi. Yer qobig‘ining dinamikasini «pasaytirish» usuli ishlab chiqildi va uning asosida Markaziy Osiyoning er qobig‘i va butun litosferasining eng yangi gorizontal va aylanma harakatlarining vektor va skalyar maydonlar xaritalari tuzildi; O‘chog‘i O‘zbekiston poytaxti markazi ostida joylashgan Toshkent zilzilasi (1966 y, M=5.3) tabiatini majmuaviy o‘rganish natijalari zilizilalarni prognoz qilish bo‘yicha tadqiqotlarga katta hissa qo‘shdi. Xususan, institutning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda zilziladan avval yer osti suvlarida radon konsentratsiyasining o‘zgarishi kashf etildi (kashfiyot № 129, 1973 y.); Har bir kuchli zilzila va uning aftershoklari yirik tektonik zonalar rivojlanishi kartinasini ko‘rsatishi va uning vaqt ichida o‘zgarishi modeli ekanligi aniqlandi. Turon platformasi (G‘arbiy O‘zbekiston) hududidagi uchta noyob Gazli zilzilalari (1976 y., M=7.0 va M=7.3; 1984 y., M=7.2) tabiatini seysmologik izlanishlari natijasida zilzila o‘chog‘ining fizikasi va zilzilalarni uzoq muddatli prognoz qilish bo‘yicha yangi ma’lumotlar olindi. Dunyo seysmologik amaliyotida birinchi marta M=7,3 magnitudali zilzila epitsentrida, tortishish tezlanishidan 1,36 g bo‘lgan tezlanishlarning instrumental yozuvlari olindi; Turon platformasi hududida o‘tkazilgan seysmogeodinamik tadqiqotlar natijasida Gazli zilzilalaridan avval gorizontal cho‘zilish deformatsiyalari kuzatilganligi birinchi marta aniqlandi; Pomir-Tyan-Shan va Turan platformasi litosferasining dinamik modeli yaratildi, uning asosida G‘arbiy O‘zbekiston xududining yuqori seysmik xavfga ega ekanligi ko‘rsatildi; Tektonik zilzila o‘chog‘ining to‘rt bosqichli empirik modeli ishlab chiqildi; Amudaryo deltasining cho‘llashayotgan qismi tabiiy sharoit va resurslarini majmuali baholashning matematik modeli ishlab chiqildi. Amudaryo deltasidan amaliy maqsadlarda foydalanish uchun deltaning tabiiy sharoit va resurslarini baholashning metod va prinsiplari ishlab chiqildi. Amudaryo deltasida sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida delta geotizimlarini majmuali baholashning matematik modeli ishlab chiqildi. Tabiiy va texnogen ofatlar oqibatini geoekologik jilovlash hamda kamaytirish maqsadida Janubiy Orolbo‘yida cho‘llanish jarayonlariga qarshi kurashish texnologiyalari ishlab chiqildi. Janubiy Orolbo‘yi cho‘llashayotgan hududlariga differensial tadbirlarni qo‘llash maqsadida hududning tabiiy sharoiti va resurslarini majmuali baholash texnologiyalari ishlab chiqildi. Janubiy Orolbo‘yidan amaliy foydalanish maqsadida hududning tabiiy sharoit va resurslarni baholashning metod va prinsiplari ishlab chiqildi. Farg‘ona vodiysi, Markaziy Qizilqum va Toshkentoldi rayonlarining batafsil seysmik rayonlashtirishning injener-seysmologik asoslari yaratildi. Dispers gruntlarning seysmik xususiyatlarining gruntlarning granulometrik tarkibiga, quruq holatdagi zichligiga, namligiga, g‘ovaklilik va yutish koeffitsiyentiga bog‘liqligi aniqlandi. Respublika hududida keng tarqalgan har bir dispers gruntlarining turlari uchun gruntning injener-geologik xususiyatlari va seysmik to‘lqinlarni tarqalishi tezligi o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlik seysmik ballni orttirmasini baholash uchun aniqlandi. Zilzilalar, alohida o‘choq oblasti uchun xarakterli bo‘lgan seysmik nurlanish xususiyatlarini, seysmik to‘lqinlar tarqaladigan geologik muhit xususyatlarini, shuningdek o‘choqning geometrik o‘lchamlarini, uning joylashishini hamda hisoblanayotgan nuqtaga nisbatan yo‘nalishini yanada aniq hisobga oladigan seysmik ta’sirning miqdoriy baholashning samarali usullari ishlab chiqildi. Seysmik ta’sir parametri analitik belgilangan darajali funksiyalardan oshmaslik ehtimoli aniqlandi. Less massivlaridagi seysmik cho‘kish deformatsiyalarni rivojlanish qonuniyatlari aniqlandi, lyos qatlamlarida seysmik cho‘kishni keltirib chiqaradigan seysmik to‘lqinlarning miqdoriy parametrlari aniqlandi. Less qatlamlarda seysmik ta’sirlar va sanoat portlashlar natijasida ko‘chkilarning rivojlanish dinamikasi tadqiq etildi. Grunt massivlarida seysmik tebranishlarni chuqurlashgani sari o‘zgarish xususiyatlari yerosti kavlamalaridagi instrumental kuzatuvlar natijasida aniqlandi. Chuqurlashgan sari tebranishlarning yuqori chastotali xarakteristikalarini amplitudasini pasayishi va past chastotaga o‘tishi aniqlandi. Tadqiqotlar Kauldi yerosti kavlamasida 0-240 m gacha bo‘lgan chuqurliklarda olib borildi. Grunt sharoitlarini texnogen o‘zgarishlarini seysmik to‘lqinlar parametrlariga ta’siri o‘rganildi va miqdoriy baholanib, ularga grunt tebranishlar amplituda-chastotali xarakteristikalarini texnogen ta’sirgacha va undan keyingi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi aniqlandi. To‘ldirilgan gruntlar tarqalgan hududda seysmik effektning o‘zgarishi ularning turiga, tarkibiga, hosil bo‘lish yoshiga, qalinligiga va suvlanganligiga bog‘liqligi aniqlandi. Yer qobig‘ida dinamik jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan darzlanib sinishlar oqibatida hosil bo‘ladigan seysmik to‘lqinlar asosi bo‘lgan zilzila o‘chog‘idagi kuchlanishlarni hisoblashning matematik modeli ishlab chiqildi. Seysmik jarayonlarni asosi bo‘lgan turli fizik hususiyatli zilzila, tog‘ ko‘chkilari portlashlarning dinamik va geometrik parametrlarini o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatuvchi yangi qonuniyatlar asoslandi. Yer yuzasida kuchlanishlar mavjud bo‘lmagan holat uchun darzlanib sinish jarayonlari va murakkab geometrik nochiziqli yoriqlar hosil qilgan zilzilalardan tarqalayotgan seysmik to‘lqinlar generatsiyasining yangi qonuniyatlari aniqlandi. Ishlab chiqilgan tizimlar amalda kuchlanish va deformatsiyalanish jarayonlarini yer qobig‘iga o‘xshash xolatdagi miqdoriy modellarda baholash va yer qobig‘idagi kuch maydonini zilzila o‘choqlari tayyorlanayotgan davrdagi siljish va deformatsiyalanish maydonlari ikki va uch o‘lchamli vektorlarda aniqlandi. O‘zbekiston seysmogen yer yoriqlari uchun ilk bor boshlang‘ich kuch maydonining miqdoriy modellari ishlab chiqilib, katta qiymatlardagi ko‘ndalang kuchlanishlar jamlanish hududlari bo‘lajak tektonik zilzilalar o‘chog‘i joylashgan hudud deb ajratildi. O‘zbekiston hududidagi seysmik faol strukturalarning me’yoriy kuchlanganlik holatining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi kuchli zilzilaning matematik modeli ishlab chiqildi. Turli energetik zilzilalar ta’siri ostida tuproq tebranish tezligi va spektral amplitudalarni masofa bo‘yicha so‘nishining regional qonuni aniqlandi. Ular asosida O‘zbekiston hududi uchun seysmik havfni tuproq tebranish tezligi va spektral amplitudalarda ifodalangan seysmik rayonlashtirish haritalari yaratildi. G‘arbiy Tyan-Shanning seysmik faol yer yoriqlari modeli ishlab chiqildi. Tyan-Shan orogeni va Turon plitasining o‘zaro ta’sir oblastining geologik-geofizik va miqdoriy modellari ishlab chiqildi. Yirik va baland to‘g‘onlarning faol ta’siri zonasida suv omboridagi suv massasi va uning yer qobig‘idagi kuchlanishlar maydonini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan chaqirilgan seysmiklik aniqlandi.
Amaliy tadqiqotlar sohasida "O‘zbekiston hududining umumiy seysmik rayonlashtirish" xaritalar to‘plami O‘Zbekistoln hududining potensial seysmik xavfini ballar va fizik kattaliklar (tezlanish, spektr) bo‘yicha ehtimollik asosida baholagan holda ishlab chiqildi. Xarita O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan zilzilaga bardoshli qurilish uchun me’yoriy asos sifatida tasdiqlagan. KMK 2.01.03-96 ga tegishli tartibda o‘zgarishlar kiritildi. Toshkent, Chorbog‘ va Buxoroda tabiiy va texnogen muhandislik va geologik omillarning, shuningdek gruntlarning suv-fizikaviy, deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarining seysmik intensivlikning namoyon bo‘lishiga ta’siri darajasi aniqlandi. Ichan qal’a qo‘riqxona shahri (Xiva), Registon (Samarqand), Ark(Buxoro), Xasti Imom (Toshkent) maydonlari va boshqa shu kabi tarixiy obidalar joylashgan hududlarda kompleks injener-geologik tadqiqotlar o‘tkazilib ularni saqlas...

Amaliy tadqiqotlar sohasida "O‘zbekiston hududining umumiy seysmik rayonlashtirish" xaritalar to‘plami O‘Zbekistoln hududining potensial seysmik xavfini ballar va fizik kattaliklar (tezlanish, spektr) bo‘yicha ehtimollik asosida baholagan holda ishlab chiqildi. Xarita O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan zilzilaga bardoshli qurilish uchun me’yoriy asos sifatida tasdiqlagan. KMK 2.01.03-96 ga tegishli tartibda o‘zgarishlar kiritildi. Toshkent, Chorbog‘ va Buxoroda tabiiy va texnogen muhandislik va geologik omillarning, shuningdek gruntlarning suv-fizikaviy, deformatsiya va mustahkamlik xususiyatlarining seysmik intensivlikning namoyon bo‘lishiga ta’siri darajasi aniqlandi. Ichan qal’a qo‘riqxona shahri (Xiva), Registon (Samarqand), Ark(Buxoro), Xasti Imom (Toshkent) maydonlari va boshqa shu kabi tarixiy obidalar joylashgan hududlarda kompleks injener-geologik tadqiqotlar o‘tkazilib ularni saqlash va asoslarini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Andijon, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlarining istiqboldagi chegaralari miqyosida, hamda Toshkent viloyatining tuman markaz hududlarning seysmik mikrorayonlashtirish kartalari ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq qilish uchun Qurilish vazligining loyihalash tashkilotlariga berildi. O‘zbekistonning yirik suv omborlari hududida seysmik monitoring tizimining holatini tahlil qilish va uni takomillashtirish bilan seysmometrik ma’lumotlarni qayta ishlashning ustuvor asoslari aniqlanib Chorbog‘, Xisorak va To‘palon suv omborlari hududlarida zamonaviy seysmometrik ma’lumotlarni tahlillash bazalarini o‘z ichiga olgan raqamli interaktiv seysmik kuzatuv tizimi joriy qilindi. Ilk bor suv omborlari joylashgan hududlardagi kuchli zilzilalardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimal seysmik tezlanishlar miqdori ular joylashgan hududning gravitatsion tezlanishning uchdan biridan oshmasligi aniqlandi. O‘zbekiston hududining umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston hududidagi 28 ta shahar va shahar ko‘rinishidagi aholi yashash punktlarining seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari tuzildi. Institutning bir qator olimlari umumiy seysmik rayonlashtirish va shaharlar, shahar ko‘rinishidagi aholi yashash punktlarining seysmik mikrorayonlashtirish bo‘yicha olib borgan ishlar majmuasi uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ishlab chiqilgan matematik modellar asosida: “Orol dengizining qurigan qismi va Amudaryo deltasi tabiiy-meliorativ komplekslarini baholash” hamda “Amudaryo deltasi cho‘llanishga berilayotgan qismi tabiiy-meliorativ komplekslari sharoitini yaxshilash tadbirlari” kartalari yaratildi. “O‘zbekiston arid zonalarining cho‘llanish kartasi” va “O‘zbekiston arid zonalarining cho‘llanish xavfi” kartalari bir million masshtabda yaratilgan, shuningdek cho‘llanishni baholashning yangi texnologiyasi yaratilgan: O‘simlik qoplami degradatsiyasini baholash texnologiyasi; Shamol eroziyasini baholash texnologiyasi; Suv eroziyasini baholash texnologiyasi; Tuproq sho‘rlanishini baholash texnologiyasi; Texnogen cho‘llanishni baholash texnologiyasi shular jumlasidandir. O‘zbekistonda cho‘llanish jarayonlari rivojlanishini oldini olish, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida yuzaga keladigan ekologik vaziyatlarni minimallashtirish hamda geoekologik havfni kamaytirishga qaratilgan konstruktiv chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Ushbu chora-tadbirlar O‘zbekiston Prezidentining “Tabiatni muhofaza qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish” Qarorida nazarda tutilgan atrof-muxit muxofazasi hamda amaliy ekologiya yo‘nalishida davlat boshqaruvi idoralari oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishda asqotadi. Shahar hududlarini seysmik mikrorayonlash usuli regional-geologik, struktura-tektonik va muhandislik-geologik omillarning seysmik intensivlikka ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirildi. O‘zbekistonning 27 ta yirik shaharlarida seysmik mikrorayonlashtirish ishlari olib borildi va ular uchun SMR xaritalari tuzilib, ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan qurilish me’yoriy hujjatlar sifatida tasdiqlandi. Ba’zi shaharlarda (Toshkent, Andijon va Namangan) SMR ishlari ikki marotaba amalga oshirildi. Seysmik intensivlikni baholash uslubi Markaziy Osiyo respublikalari hududlarida tarqalgan mahalliy qurilish materiallaridan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarning shikastlanishini makroseysmik o‘rganish ma’lumotlari bo‘yicha takomillashtirildi. Injener-seysmogeologik sharoitidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston seysmik faol hududlarda turli xil yakka tartibdagi uy-joylarni qurish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Seysmologik, injener-geologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ilmiy tahlili va umumlashtirish asosida O‘zbekiston hududida seysmik riskni baholash, rayonlashtirish va boshqarish uslubiyatlari ishlab chiqildi. Ushbu uslubiyatlar hududiy darajada 9-balli seysmofaol zonada joylashgan Andijon viloyatida sinab ko‘rildi. «UzLITTI» AJ va FA Mexanika va seysmomustahkamlik institutlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida “6-10 ballik zilzilalarning seysmik jadalligini aniqlashning shkalasi” Milliy Standarti ishlab chiqildi. Yirik shahar hududida ssenar zilzila seysmik effektining injener-seysmologik asoslari ishlab chiqildi. Toshkent shahri misolida magnitudasi M=6.1 va chuqurligi 20 km bo‘lgan ssenar zilzilaning seysmik effektining taqsimlanishini sxematik xaritasi hududiy geologik va lokal grunt sharoitlarini hisobga olgan holda tuzildi. 1970-2015 yillarda sodir bo‘lgan kuchli zilzilalarning izoseystlar xaritalari katalogi tuzildi, u respublika hududining seysmik rayonlashtirish va seysmik riskni baholash uchun makroseysmik asos bo‘lib hisoblanadi. Katalogdagi alohida xaritalar 1997 y. Yevrosiyo, 2002 y. O‘zbekiston hududlarining seysmik rayonlashtirishda foydalanildi. Shaharlashgan hududlarni seysmik riskini baholash va rayonlashtirish texnologiyasi ishlab chiqildi va Jizzax shahri hududida sinab ko‘rildi. Chorbog‘, Xisorak va To‘palon suv omborlari to‘g‘onlarining tepa yuzasida to‘lqin maydonlarining nochiziqliligini jiddiy darajada oshishiga olib kelayotgan, seysmik tebranishlarning rezonans hodisasiga bog‘liq garmonikalar bilan boyishi aniqlandi. Ilk bor Chorbog‘, Xisorak va To‘palon suv omborlarida mukammallab, ularning mo‘tadil va ishonchli ishlashini ta’minlab takomillashtirilgan seysmik monitoring tizimi to‘g‘onlarda seysmik tezlanishlar 0,24-0,32 g me’yoriy chegaralarda bo‘lishini va bu zilzila shiddatining 8,0-9,0 diapazoniga mos kelishi aniqlandi. Seysmiklik monitoringning mukamallashtirilgan tizimi imkoniyatlarini aprobatsiyasi zilzila vaqtida Chorbog‘, Xisorak va To‘palon suv omborlari qirg‘oq nishabliklari, to‘g‘oni va asosining tebranish mexanizmlarini aniqlab baholash bilan o‘tkazildi va bu seysmiklik monitoringi tizimi kelajakda suv ombori obyektlarida lokal seysmiklik o‘zgarishini ajratish imkoniyatiga ham egaligi asoslandi. Toshkent shahar mahallalar sxematik kartasi 1:28 000 masshtabda tuzildi. Toshkent shahri 11 tumanining mahallalar sxematik kartasi 1:10 000 masshtabda yaratildi. Toshkent shahar mahalllalar atlasi yaratildi. “Janubiy Orolbo‘yida cho‘llanishning hozirgi xolati” hamda “Janubiy Orolbo‘yida cho‘llanish xavfi” kartalari yaratildi. Janubiy Orolbo‘yida cho‘llanishga qarshi kurashishning konstruktiv tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. O‘zbekiston xududida joylashgan seysmik stansiyalarning ma’lumotlari to‘planib, magnitudasi M>4 zilzilalarning seysmogrammalar bazasi yaratildi. Bu seysmogrammalar O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan zilzilalar P- to‘lqin davrining (Tτ ) magnitudaga bog‘liklik tenglamasining koeffitsiyentlari aniqlashda qo‘llaniladi. Magnitudasi M>4 zilzilalarning magnituda va P-to‘lqinlarning maksimal miqdori orasida bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlandi. Zilzila parametrlarini avtomatik aniqlovchi Earthworm tizimi ishga tushirildi va mintaqaviy godograf tanlandi; Zilzilalarni avtolokatsiya qilish va izoseystlar xaritasini tuzish tizimidan axborotlarni “ushlash” moduli ishlab chiqildi; Kuchli zilzila sodir bo‘lganda Jizzax viloyatida ko‘riladigan zarar ilk bor baholandi. Mukammal seysmik rayonlashtirishning ilmiy asoslari va uslubi ishlab chiqildi. Birinchi marotaba O‘zbekistonning Toshkent va Andijon viloyatlari uchun 1: 500 000 masshtabda mukammal seysmik rayonlashtirish xaritalari tuzildi. O‘zbekistonning Chorbog‘, Xisorak va To‘palon suv omborlari hududlarida zamonaviy seysmometrik ma’lumotlarni tahlillash bazalarini o‘z ichiga olgan raqamli interaktiv seysmik kuzatuv tizimi joriy qilindi. “O‘zbekiston arid zonalari cho‘llanish kartasi” 1:1000000 masshtabda, hamda “O‘zbekiston arid zonalarining cho‘llanish havfi kartasi” 1:350000 masshtabda tuzildi. Ushbu kartalar Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, Suv xo‘jaligi vazirligiga, Tabiatni muhofaza qilish davlat Qo‘mitasiga tatbiq etildi, chop etishga tayyorlanayotgan “O‘zbekiston Respublikasining milliy atlasi”ning “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish” bo‘limiga kiritildi. Shaharlar hududlarida seysmik mikrorayonlashtirish bo‘yicha tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha takomillashtirilgan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Urbanlashgan hududlarda seysmik riskni baholash va rayonlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan va ushbu texnologiya Jizzax va Buxoro shaharlari seysmik riskini baholashda aprobatsiyadan o‘tdi. Turli masshtablarda - regional, shahar va qurilish maydonlari uchun seysmik riskni baholashning ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqildi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi atrofidagi hududlarda AES uchun qurilish maydonini tanlash va asoslash maqsadida kompleks seysmotektonik, seysmologik va muxandis-seysmologik tadqiqotlar olib borilib, qurilish maydonlarining seysmiklik darajasi loyiha va maksimal hisoblangan zilzilalar uchun baholandi. Amudaryo deltasining cho‘llanayotgan zonasi va Orol dengizi tubining qurigan qismining tabiiy muhitini optimallashni ekologo-geografik boshqarishning texnologiyasi ishlab chiqildi (O‘zbekiston chegaralarida). Janubiy Orolbo‘yida cho‘llanish jarayonlari bilan kurashning texnologiyasi ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo hududida magnitudasi M≥4 bo‘lgan zilzilalarning 1-3 yildagi istiqbolda sodir bo‘lish ehtimolini 95% ishonch intervalida baholashning Puasson nazariyasi asosidagi usuli va dasturiy ta’minoti ishlab chiqildi. Sun’iy idrok texnologiyalari asosida o‘rta va qisqa muddatli istiqbolda seysmik faollashish ehtimolini baholashning yangi usuli ishlab chiqildi. «Seysmik ta’sirlar jadalligi indikatori» asbobi ARDUINO UNO mikrokontrollerlari asosida ishlab chiqildi va yaratildi. Asbob Ikkinchi Xalqaro innovatsion g‘oyalar xaftaligida “InnoWeek” taqdimot etildi. “Zilzilalarni magnitometrik usul bilan prognoz qilish bo‘yicha Yo‘riqnoma” ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga respublikadagi joriy seysmik holatni baholashda qo‘llash uchun tatbiq etildi. O‘zbekistondagi 90ta qurilish obyektlari, jumladan «Tashkent City» xalqaro biznes markazi, «Olmazor City» turar-joy kompleksi, yangi gidrotexnik inshootlar va boshqalar hududlarining seysmik mikrorayonlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi va tegishli xulosalar berildi. GIS texnologiyasi asosida mintaqaviy hududlarning seysmik xavfining kartografik modellari ishlab chiqildi va seysmik ta’sirlar vaqtidagi iqtisodiy zararni 50 yil ichida 90% dan ortiq bo‘lmagan ehtimollik bilan baholagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududining 1: 1000 000 miqyosdagi seysmik xavf xaritasi tuzildi. Respublika hududida turli intensivlikdagi seysmik hodisadan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni tezkor va avtomatlashtirilgan baholash uchun “SeismicRiskAssessment” va “SeismicRiskAssessment v2” kompyuter dasturlari yaratildi.

ILMIY LOYIHALAR TUGALLANGAN LOYIHALAR:

DITD doirasida bajarilgan loyihalar Fundamental loyihalar:
1) F8-FA-069962 «G‘arbiy Tyan-Shan seysmogeodinamikasini zilzilalarni kompleks prognoz qilish uchun tadqiq etish» (2012-2016). Ilmiy rahbar Abdullabekov K.N.
2) F8-FA-0-13038 «Seysmodinamik rayonlashtirish nazariyasining rivojlantirish maqsadida turli seysmotektonik sharoitlarida seysmik jarayon kechishining fundamental qonunlarini aniqlash» (2012-2016). Ilmiy rahbar Artikov T.U.
3) F8-FA-0-35493 «Yer qobig‘ining deformatsiyalanishi va texnogen obyektlarda zilzilalar hosil bo‘lish mexanizmlarining miqdoriy modellarini ishlab chiqish» (2012-2016). Ilmiy rahbar Xamidov L.A.
4) F8-FA-0-60200 «Geologik muhitni tabiiy-texnogen o‘zgarishlarining shakllanish qonuniyatlarini seysmik riisk asosi sifatida tadqiq etish» (2012-2016). Ilmiy rahbar Tuychiyeva M.A.
5) FA-F-8-006 “Geologik-geofizik metodlar kompleksi yordamida har xil rangdagi (daraja) seysmotektonik strukturalarning kuchlanganlik-deformatsion holatining namoyon bo‘lish xususiyatlarini o‘rganish” (2017-2020). Ilmiy rahbar Abdullabekov K.N.
6) FA-F-8-007 “Seysmiklikning murakkab strukturasi va O‘zbekiston hududining seysmik xavfini mukammal baholashga asos bo‘ladigan seysmik jarayonlar dinamikasining yangi qonunlarini aniqlash” (2017-2020). Ilmiy rahbar Ibragimov R.S.
7) FA-F-8-008 “Yirik suv omborlari hududi geodinamikasi, kuchlanganlik va deformatsiyalanishning juz’iy o‘zgargandagi modellari” (2017-2020). Ilmiy rahbar Xamidov L.A. Amaliy loyihalar:
1. FA-A14-T045 «O‘rta va qisqa muddatli istiqbolda zilzila hosil bo‘lish ehtimolini umumiy mezonlar bo‘yicha miqdoriy baholash texnologiyasini ishlab chiqish» (2015-2017). Ilmiy rahbar Xusomiddinov S.S.
2. FA-A7-T041 «O‘zbekistonda ekologik havfsizlikni ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston arid zonalari cho‘llanish kartasi”ni (masshtab 1: 1000000) tuzish va cho‘llanishni bartaraf etish choralari». (2015-2017). Ilmiy rahbar Rafikov V.A.
3. FA-A14-T042 «Respublika muhim iqtisodiyot obyektlari seymik xavfni mukammal baholash uchun turli masshtabdagi seysmik rayonlashtirish usullarini yaratish» (2015-2017). Ilmiy rahbar Ibragimov R.S.
4. FA-A14-T047. «Markaziy va Janubiy O‘zbekiston yirik yer yoriqlarining dinamik ta’sir ko‘rsatish zonalarini baholash va seysmogen zonalarning makon va quvvat ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish» (2015-2017). Ilmiy rahbar Nurmatov U.A.
5. PZ-2017092756 “Yer qobig‘ining kuchlanganlik–deformatsion holatini statsionar va dala kuzatuv usullari orqali monitoring tizimini yaratish. Seysmik tomografiya va seysmik profillash usullari bilan seysmogen zonalarning ichki tuzilishini o‘rganish texnologiyasini ishlab chiqish”. (2018-2020). Ilmiy rahbar Xusomiddinov S.S.
6. PZ-2017091115 O‘zbekistonning 8-9 balli zilzilalar bo‘ladigan hududlarida joylashgan yirik suv omborlari seysmik havf-xatar monitoringining lokal tizimi loyihasini ishlab chiqish va tuzish”. (2018-2020). Ilmiy rahbar Xamidov L.A.
7. PZ-20170918111. Kuchli zilzilalarning zararli oqibatlarini O‘zbekiston Respublikasi shaharlashgan hududlari uchun baholaydigan modellar va dasturlar kompleksini yaratish. (2018-2020). Ilmiy rahbar Ibragimov R.S.
8. PZ-20170921217. “O‘zbekiston Respublikasi xududida sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar haqida tezkor xabar berish metodikasini yaratish” (2018-2020). Ilmiy rahbar Ibragimov A.X.
9. PZ-20170928253. “Kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Davlat Sistemasining (tizimining) samarali chora tadbirlar ssenariysini ishlab chiqish” (2018-2020). Ilmiy rahbar Shermatov M.
10. PZ-20170929541. «Tabiiy va texnogen omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan kompleks riskni inobatga olgan holda respublika aholisi va hududlarini seysmik xavfsizlik darajasini oshirish texnologiyalarining maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish» (2018-2020). Ilmiy rahbar Abdullabekov K.N.
Innovatsion loyihalar
1) FA-I13-T008 «Oqjetpes ma’danli maydoni chuqur geologik tuzilishi xususiyatlarini o‘rganish uchun yuqori aniqlikdagi magnitorazvedkani qo‘llash» (2015-2016). Ilmiy rahbar Maksudov S.X.
2) FA-I8-T004 «Seysmik riskni baholash va rayonlashtirish texnologiyasi» (2016-2017). Ilmiy rahbar Xusomiddinov S.S.
3) I-FA-2017-8-1 «Chimkurgan temir ma’danli hududida magnitorazvedkani qidiruv-razvedka ishlarini optimallashtirish uchun takliflarni ishlab chiqish uchun qo‘llash») (2017-2018). Ilmiy rahbar Maksudov S.X.1)
Yoshlar amaliy tadqiqotlari
YOA14-FA-T-007. «Karjantov chuqur yer yorig‘i seysmik faolligini geologik-geofizik usullar majmuasi bilan baholash va ArcGIS texnologiyasi yordamida miqdoriy modellarini yaratish»» (2016-2017). Ilmiy rahbar Yusupov V.R.
Rossiya-O‘zbekiston xalqaro loyihasi
MRU-FA-61/2017 Rekonstruksiya evolyutsii geomagnitnogo polya v pozdnem golotsene dlya prognoza geodinamicheskix i klimaticheskix izmeneniy v budushem (2018-2019). Ilmiy rahbar Usmanova M.T. Xalqaro loyihalar
1) Birlashgan Millatlar tashkilotining “Yadro sinovlarini yalpi ta’qiqlash to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti” bilan “Yo‘ldosh aloqa stansiyali O‘zbekiston Milliy ma’lumotlar Markazini tashkil etish” loyihasi (2003 yildan hozirgi vaqtgacha).
2) Germaniyaning Yerni tadqiq qilish markazi (GFZ) va Seysmologiya instituti o‘rtasida seysmologiya sohasida ilmiy hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Memorandumga asosan “Markaziy Osiyo seysmik stansiyalar tarmog‘i” –CAREMON (Central Asia Earthquake Monitoring) (2011-2015) yaratildi. Grant beruvchi: Germaniyaning Yerni tadqiq qilish markazi (GFZ). Loyiha mablag‘i- 150 ming AQSH dollari (Germaniya tomonidan taqdim etilgan seysmik asboblar va seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlari narxi).
3) «Markaziy Osiyo zilzilalari modeli - YEMSA» (2011-2014). Grant beruvchi: Germaniyaning Yerni tadqiq qilish markazi (GFZ). Loyiha mablag‘i- 5460,54 AQSH dollari (4300 yevro).
4) Jahon banki loyihasi: Jahon bankining Ta’lim muassasalari xavfsizligi bo‘yicha global dasturi (GPSS) va Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va qayta tiklash global jamg‘armasi (GFDRR) tadqiqot mavzusi: Andijon hududining seysmik xavfliligini baholash va parametrlarini aniqlash, qabul qilingan ijtimoiy obyektlarda seysmik ta’sirlar (4 - maktablar, 2 – bolalar bog‘chalari va 3 – shahar kasalxonalari). 2019 yilda 230 mln so‘m.

BAJARILAYOTGAN LOYIHALAR:

2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi №4794 “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi”ni bajarish doirasida Institutda 7ta fundamental va 8ta amaliy mavzulari bajarilmoqda:
Fundamental mavzular: 1. Kuchli zilzilalar (o‘rta va qisqa muddatli, makon va zamon bo‘yicha) to‘g‘risida darak beruvchi majmualar tayyorlanishining yangi modelini yaratish va zilzila namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini aniqlash (2021-2024), ilmiy rahbar akademik Abdullabekov K.N.
2. Yer qobig‘idagi lokal seysmik faol tektonik yoriqlarning texnogen kuchlanganlik va deformatsiyalanish holatini baholaydigan miqdoriy modellarni ishlab chiqish (2021-2024), ilmiy rahbar f.-m.f.d. Xamidov L.A.
3. O‘zbekiston hududi yer qobig‘ining kuchlangan-deformatsion xolatini o‘zgarish qonunlarini seysmologik usullar majmuasi asosida seysmik xavfini mukammal baholash (2021-2024), ilmiy rahbar f.-m.f.d. Ibragimov R.S.
4. geodinamik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mikroseysmik maydonlar xususiyatlarini aniqlash (2021-2024), ilmiy rahbar f.-m.f.n. Ibragimov A.X.
5. Markaziy Osiyoning zamonaviy geodinamik modellari asosida O‘zbekiston seysmik faol zonalarida seysmotektonik jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish (2021-2024), ilmiy rahbar g.-m.f.n. Sodikov Yu.M.
6. O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan foydalanish mexanizmining ekologik-geografik asoslarini yaratish (2021-2024), ilmiy rahbar geogr.f.d. Rafikov V.A.
7. Kuchli zilzilalarning tayyorlanishi va ularning sodir bo‘lishi davrida gidrogeoseysmologik anomaliyalarni shakllantirish mexanizmlarini o‘rganish (2021-2024), ilmiy rahbar g.-m.f.d. Yusupov Sh.S.
Amaliy mavzular: 1. O‘zbekiston hududida zilzila kompleks darakchilarining takomillashgan monitoring tizimini ishlab chiqish (2021-2022), ilmiy rahbar f.-m.f.d. Maksudov S.X.
2. Respublikaning seysmik faol hududida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarini doimiy amalga oshirish tizimini takomillashtirish (2021-2022), ilmiy rahbar f.-m.f.d. Xamidov L.A.
3. Kuchli va xalokatli zilzilalar ta’sirida gruntlarning xarakati xududiy modellarini mintaqa va jaxon raqamli seysmometrik ma’lumotlar asosida yaratish (2021-2022), ilmiy rahbar f.-m.f.d, prof. T.U.Artikov;
4. O‘zbekiston va chegaradosh xududlarda joylashgan seysmogen zonalar uchun real va sintetik akselerogrammalar regional bankini yaratish (2021-2022), ilmiy rahbar f.-m.f.n. Ibragimov A.X. 5. QMQ-2.01.03.96 “Seysmik rayonlarda qurilish” me’yoriy hujjati seysmologik qismining 1.1 jadvalini o‘zgartirish uchun gruntlarning seysmik xususiyatlari bo‘yicha kategoriyalarini aniqlashtirish (2021-2022), ilmiy rahbar g.-m.f.d., prof. Ismailov V.A.
6. Qurilish maydonlarining seysmik darajasini (makroseysmik ballda va muhandis ko‘rsatkichlarda) aniqlash uchun grunt sharoitlarining seysmik modellarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmini yaratish (2021-2022), ilmiy rahbar g.-m.f.d., prof. Ismailov V.A.
7. Tabiiy resurslardan foydalanishda yuzaga keladigan antropogen va tabiiy jarayonlarni boshqarish maqsadida maxsus va mavzuli kartalarni ishlab chiqish (2021-2022), ilmiy rahbar geogr.f.d. Rafikov V.A.
8. Gidrogeoseysmologik tadkikotlar natijalari asosida zilzalalarni urta va kiska muddatli prognoz kilish usullarni ishlab chikish (2021-2022), ilmiy rahbar g.-m.f.n. Umurzakov R.K.
Xalqaro loyihalar Jahon banki guruhi loyihasi: “Markaziy Osiyoda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishni tezlashtirish uchun zilzilalar va suv toshqinlari uchun yagona mintaqaviy xavflarni baholash va tanlangan ko‘chki ssenariyalarini tahlil qilish. №1266456, 610-sonli Konsalting xizmatlari o‘rtasida WBG tomonidan moliyalashtiriladi. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va mijoz: “Markaziy Osiyoda moliyaviy barqarorlikni oshirish va xatarlarni kamaytirish bo‘yicha say-harakatlarni faollashtirish” loyihasi (2020-2023). Moliyalashtirish 65 667 AQSH dollari. Ilmiy maslahatchi – geolgiya-mineralogiya fanlari doktori, prof. V.A.Ismailov.

INSTITUT FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH

Budjet mablag‘lari:
2017 y. – 2350,8 mln. so‘m, jumladan: fundamental tadqiqotlar – 843,5 mln. so‘m; amaliy tadqiqotlar – 503,4 mln. so‘m; innovatsion loyihalar – 203,7 mln. so‘m; yosh olimlar loyihalari – 56,5 mln.so‘m; noyob obyektlar – 594,0 mln. so‘m.
2018 y. – 1678,2 mln. so‘m, jumladan: fundamental tadqiqotlar – 834,5 mln. so‘m; amaliy tadqiqotlar – 720,0 mln. so‘m; innovatsion loyihalar – 62,8 mln. so‘m; Rossiya-O‘zbekiston xalqaro loyihasi – 61,4 mln. so‘m.
2019 y. – 2707.4 mln. so‘m, jumladan: fundamental tadqiqotlar – 1453,4 mln. so‘m; amaliy tadqiqotlar – 1254,0 mln. so‘m.
2020 y. – 4890,7 mln. so‘m, jumladan: fundamental tadqiqotlar harajatlari kiritilgan bazaviy soliyalashtirish – 3295,7 mln. so‘m; amaliy tadqiqotlar – 1595,0 mln. so‘m.
2021 y. – 5004,4 mln. so‘m, jumladan: fundamental va amaliy tadqiqotlar harajatlari kiritilgan bazaviy moliyalashtirish.
2022 y. – 1443,9 mln. so‘m, jumladan: fundamental va amaliy tadqiqotlar harajatlari kiritilgan bazaviy moliyalashtirish.
Nobudjet mablag‘lar:
Institutning nobudjet mablag‘lari «LUKOYL O‘zbekiston Opereyting kompani» MCHJ bilan ekspluatatsiya qilinayotgan gazkondensat konlarini seysmogeodinamik holatga ta’sirini seysmologik usullar bilan tadqiq qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining korxonalari bilan foydali qazilmalarga istiqbolli hududlarni geofizik usullar bilan aniqlash bo‘yicha tuzilgan xo‘jalik shartnomalari, shuningdek respublikamizdagi qurilish obyektlari maydonlarini dastlabki seysmikligini aniqlash va xulosa berish bo‘yicha tuzilgan xo‘jalik shartnomalari, AES qurilishi maydonini (To‘dako‘l, Tuzkon) tanlashda muxandis-seysmologik tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan xo‘jalik shartnomalari, UzGASHKLITI bilan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi rayonida AES qurilishi muqobil maydonini tanlash uchun seysmotektonik va seysmologik tadqiqotlar o‘tkazish uchun tuzilgan xo‘jalik shartnomalari mablag‘laridan tashkil topgan.
2017 y. – 1194,3 mln. so‘m.
2018 y. – 1908,1 mln.so‘m.
2019 y. – 2064,8 mln.so‘m
2020 y. – 1936,0 mln. so‘m.
2021 y. - 2250,0 mln. so‘m.
2022 y. - 315,0 mln. so‘m.

CHOP ETILGAN ILMIY ISHLAR

2017 yilda chop etilgan barcha ilmiy ishlar soni – 62 ta, jumladan: ilmiy maqolalar – 31 ta: xorijda – 9 ta, maxalliy jurnallarda – 22 ta. Ilmiy anjuman materiallarida – 27 ta: halqaro miqyosda – 19 ta, respublika miqyosida – 8 ta.
2018 yilda chop etilgan barcha ilmiy ishlar soni – 103 ta, jumladan: ilmiy maqolalar – 26 ta: xorijda – 11 ta, maxalliy jurnallarda – 15 ta. Ilmiy anjuman materiallarida – 70 ta: halqaro miqyosda – 55 ta, respublika miqyosida – 15 ta.
2019 yilda chop etilgan barcha ilmiy ishlar soni – 67 ta, jumladan: ilmiy maqolalar – 33 ta: xorijda – 16 ta, maxalliy jurnallarda – 17 ta. Ilmiy anjuman materiallarida – 34 ta: halqaro miqyosda – 15 ta, respublika miqyosida – 19 ta.
2020 yilda chop etilgan barcha ilmiy ishlar soni – 61 ta, jumladan: ilmiy maqolalar – 35 ta: xorijda – 17 ta, maxalliy jurnallarda – 18 ta. Ilmiy anjuman materiallarida – 35 ta: halqaro miqyosda – 26 ta, respublika miqyosida – 9 ta.
2021 yilda chop etilgan barcha ilmiy ishlar soni – 96 ta, jumladan: ilmiy maqolalar – 45 ta: xorijda – 23 ta, maxalliy jurnallarda – 22 ta. Ilmiy anjuman materiallarida – 51 ta: halqaro miqyosda, jumladan MDHda – 23 ta, respublika miqyosida – 28 ta.
2022 yilda chop etilgan barcha ilmiy ishlar soni – 10 ta, jumladan: ilmiy maqolalar – 5 ta: xorijda – 3 ta, maxalliy jurnallarda – 2 ta. Ilmiy anjuman materiallarida – 5 ta: halqaro miqyosda, jumladan MDHda – 2 ta, respublika miqyosida – 3 ta.

ILMIY FAOLIYAT NATIJALARINI JORIY ETILISHI

Seysmologiya institutining oxirgi yillardagi yirik ishlanmalari iqtisodiyotning quyidagi real sektorlariga joriy etilgan:
- qurilish industriyasiga – O‘zbekiston hududining yangi umumiy seysmik rayonlashtirish xaritasi (USR-2017), barcha loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun me’yoriy xujjat hisoblanadi (Qurilish vazirligining 2019 yil 20 martdagi №152 son buyrug‘i).
- suv xo‘jaligi kompleksiga – O‘zbekistondagi yirik suv omborlari seysmik xavfini baholash (Chorbog‘, Xisorak, To‘polon va boshq.).
- ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga – O‘zbekiston hududidagi seysmikligi yuqori bo‘lgan zonalar kadastri; O‘zbekiston arid zonalarining cho‘llanish xaritasi tushuntirish xati bilan, masshtab 1:1000000.
- - neft-gaz sanoatiga – Xovuzak-Shodi, Qandim va Xisor neft-gaz konlari guruhi hududlarida seysmik xavfni monitoring qilish va baholash;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligiga – seysmoprognostik kuzatuvlar davlat tizimining ilmiy-uslubiy asoslari;
- uylar konstruksiyalarini seysmik zaifligini baholash uchun shaxsiy uylarni pasportlashtirish usuli (anketa ma’lumotlarini kompyuterda qayta ishlash dasturi bilan);
- shaharlashgan hududlarda berilgan ssenar zilziladan ko‘riladigan ehtimoliy bevosita iqtisodiy zararlarni baholash va rayonlashtirish texnologiyasi;
- respublika iqtisodiyoti obyektlarining seysmik xavfini turli miqyosda seysmik rayonlashtirish usuli;
- “O‘zbekiston hududida yaqin yillarda seysmik faollik kutilayotgan oblastlar xaritasi”.

TA’LIM MUASSASALARI BILAN INTЕGRATSIYASI

Fan va ta’lim integratsiyasi bo‘yicha Seysmologiya institutida quyidagi ishlar bajarilgan: O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan davlat universiteti bilan kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish sohasida mavjud bo‘lgan shartnomalar yangilandi. Shartnomalarga muvofiq Institutning 12 yetakchi xodimi ushbu universitetlarda xamda Toshkent arxitektura va qurilish institutida geofizika, muxandislik geologiyasi, geografiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishyapti. 2016-2022 yillar mobaynida Institutda OTM kafedralarining yettita filiali faoliyat olib bormoqda: Toshkent davlat texnika universitetining “Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi”, “Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari», O‘zbekiston milliy universitetining «Tadqiqotlarninng geofizik usullari», “Tabiiy geografiya”, “Kartografiya, geodeziya va kadastr”, Namangan davlat universitetining “Atrof muhitni muhofaza qilish”, Nukus davlat universitetining “Regional geografiya” kafedralari. 2016-2022 yillar davomida oliy o‘quv yurtlarining 53 talabasi institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda qatnashdi. Institut xodimlarining ilmiy rahbarligida 71ta bitiruv malakaviy ishlari va 36ta magistrlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Institutning yetakchi ilmiy xodimlari - akademik K.N.Abdullabekov, fan doktorlari V.A.Ismoilov, V.A.Rafikov, A.I.Tuychiyev doimiy ravishda OTMlarida bitiruv imtixonlari jarayonlarida DIK rahbari sifatida qatnashishadi.

KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

2017-2022 yillarda institut ilmiy xodimlaridan 4 ta fan doktori va 10 ta falsafa doktorlari (PhD) dissertatsiyalarini himoya qildilar. Institut xodimlarining 14 nafari, 2018-2022 yilllarda jahonning yetakchi ilmiy markazlarida qisqa muddatli stajirovkalarda bo‘lib kelishdi, jumladan: Rossiya Federatsiyasi (Moskva shahri) Fanlar akademiyasining Yer fizikasi institutida V.R.Yusupov 3 oylik ilmiy stajirovkada (Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash Fondi xisobidan); Qozog‘iston Respublikasi (Olma-ota shahri, 2019 yil 8-26 aprel) STVTO Xalqaro o‘quv markazida “Sovremennie metodi obrabotki iinterpretatsii sifrovix seysmologicheskix zapisey” Trening-kursida 4 nafar xodim (STVTO hisobidan); Tojikiston Respublikasi (Dushanbe shahri, 2019 yil 23-29 sentyabr) MDH davlatlari Yosh seysmologlari maktabida 5 nafar xodim (Rossiya Yagona geofizik xizmati hisobidan); Belorus Respublikasi Fanlar akademiyasi Geofizik monitoring markazida (Minsk shahri, 2019 yil 18 iyul-12 avgust) 1 nafar xodim (Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash Fondi xisobidan); Rossiya Fanlar akademiyasining Yagona geofizik xizmatida (Obninsk shaxri, 2019 yil 18 noyabr-16 dekabr) 1 nafar xodim (El-yurt umidi jamg‘armasi hisobidan); V.R.Yusupov Rossiya Fanlar akademiyasining Yagona geofizik xizmatida (Obninsk shaxri, 2021 yil sentyabr-oktyabr) 2 oylik ilmiy stajirovka (Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash Fondi xisobidan); Z.F.Shukurov Rossiya Federatsiyasi (Moskva shahri) Fanlar akademiyasining Yer fizikasi institutida (2021 yil sentyabr-oktyabr) 2 oylik ilmiy stajirovkada bo‘ldilar (Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab quvvatlash Fondi xisobidan). Seysmologiya instituti ilmiy xodimlarining chet eldagi yetakchi ilmiy markazlarda malaka oshirishining 2023 yilgacha Reja-jadvali tasdiqlangan. Unga ko‘ra Institutning 28 xodimi chet elda malaka oshirib qaytishi kerak.

HALQARO ILMIY ALOQALAR

Institut O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan millatlar tashkiloti o‘rtasidagi Shartnomaga asosan 2003 yil 21 oktyabrdan hozirgacha BMTning “Butun dunyoda yadroviy sinovlarni batomom ta’qiqlash to‘g‘risida”gi Shartnomasining texnik qismini bajarib kelmoqda. Shartnomaga muvofiq Institutda BMTning “№186-Toshkent” seysmik stansiyasi va yo‘ldosh antenna o‘rnatilgan, seysmologik ma’lumotlar milliy markazi tashkil etilgan. Seysmologiya instituti hozirgi kunda quyidagi markazlar, institutlar bilan hamkorlik qilmoqda: Rossiya FA Yer fizikasi instituti, Rossiya Ta’lim va fan vazirligining Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti, AQSH Kaliforniya universitetining Geofizika va planetar fizika instituti, Rossiya FA Bishkek shahridagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi –geodinamik poligon, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish departamenti, Xitoy Xalq Respublikasining Seysmologiya ma’muriyati, Germaniyaning GeoforshungsZentrum markazi, Qozog‘iston Respublikasi FA Seysmologiya instituti, Qirg‘iziston Respublikasi MFA Seysmologiya institute

INSTITUT VA UNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI:

Yaqin kelajakda fundamental va amaliy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari fuyidagilar hisoblanadi: O‘zbekistonning seysmik faol hududlarida aholi va hududning seysmik xavfsizligini ta’minlash uchun turli hududiy darajada seysmik xavf, zaiflik va xavfni miqdoriy baholashning nazariy va amaliy asoslarni ishlab chiqish. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda zilzilalarni o‘rta va qisqa muddatli prognoz qilish usullarini takomillashtirish. Kuchli zilzilalarning majmuaviy darakchilarini fazoda va vaqtda namoyon bo‘lish qonuniyatlarini tadqiq etish. Seysmik kuzatuv tizimini rivojlantirish asosida yirik texnogen obyektlar hududidagi seysmik vaziyatni tezkor baholash. Kuchli zilzilalar yuzaga kelishining potensialini baholash va xaritalash uchun Markaziy Osiyoning turli seysmotektonik sharoitlarida seysmik jarayonning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash. Gidrogeoseysmologik darakchilarning namoyon bo‘lish xususiyatlari asosida zilzilalarni qisqa muddatli prognoz qilish usulini ishlab chiqish. Zilzila o‘choqlari mexanizmlari va matematik modellashtirish usullari asosida O‘zbekistonda tog‘ jinslarining kuchlangan-deformatsiyalangan holatini tektonofizik tadqiqotlarini o‘tkazish. Bino va inshootlarda seysmik barqarorlikning amaliy muammolarini hal qilish uchun kuchli zilzilalar paytida dispers gruntlarning tabiatini o‘rganish va gruntlar tasnifini ishlab chiqish. Kuchli zilzilalarning iqtisodiy oqibatlarini baholashning takomillashtirilgan dasturiy vositalarini yaratish va ular asosida zararni kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Global antropogen iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini baholash va boshqarish strategiyasini ishlab chiqish. Yirik texnogen obyektlar joylashgan hududlarda yer qobig‘ining deformatsiyalanishi miqdoriy modelini, zilzilalarni hosil bo‘lish mexanizmlarini ishlab chiqish.