I.UMUMIY QOIDALAR
Ushbu Nizom “Seysmologiya muammolari” (Problemi seysmologii) jurnali tahririyati (bundan buyon matnda “Tahririyat” deb yuritiladi) tashkil etilishi va faoliyatini belgilaydi
Tahririyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar, Fuqarolik va Mehnat kodekslari, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-sonli Qarori va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi
Muassis: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti.
OAVning nomi va turi: “Seysmologiya muammolari” (Problemi seysmologii) jurnal.
OAVning tili: rus, o‘zbek va ingliz tillarida
Maqsadi va vazifalari: O‘zbekiston Respublikasida seysmologiya muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy yangiliklarni davr talabi asosida izchil yoritish, shu sohaga doir yangi chiqqan qonun, farmon va qarorlar mohiyatiini hamda ularning ijrosini joylardagi kamchilik va nuqsonlarning bartaraf etilishiga matbuot chiqishlari orqali ko‘maklashish. Zilzilalar va ularning xatarli oqibatlarini pasaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy tadqiqod muassalari va Oliy va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi xodimlarining ilmiy va amaliy ijodkorlik yutuqlarini, bu sohaga yosh malakali mutaxasslarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim tarbiya berishning yangi shakl va uslublarni targ‘ib qilish va eng yaxshilarini ommalashtirish. Shu yo‘sinda “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” Qonunlarini ijro etishda faol ishtirok etish. Jurnal sahifalarida seysmologiya muammolari bo‘yicha Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid me’yoriy hujjatlarni, ya’ni qonunlar, farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, buyruqlar nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa shunga o‘xshash materillarga sharhlar berib borish. Ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlik, xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan ma’lumotlarni yoritish. Tayanch doktoranturada, doktoranturada, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi tizimidagi magistraturalarda tahsil olayotgan talabalarning seysmologiya muammolari bo‘yicha izlanishlari, ilmiy tadqiqot va ta’limga oid materillarini jurnal sahifalarida berib boradi. Ijtimoiy sohada faol yutuqlarga erishgan olimlar va talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish. Shuningdek, ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoki o‘quvchi talabalarning seysmologiya muammolari bo‘yicha yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga fiklarini bayon etish. Jurnal aynan ana shu maqsad va vazifalarni ijro etish orqali O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda olingan ilmiy yangiliklarni ommaga yetkazishda ilmiy tadqiqot muassalari va oliy o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi ilmiy xodimlarning matbuoti bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutadi.
Ixtisoslashuvi: ilmiy, ilmiy-texnik
Tarqatish hududi: O‘zbekiston Respublikasi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududi bo‘yicha.
Davriyligi: olti oyda bir marta
Hajmi: A-4 format, 150 bet, 120 adadda chop etiladi.
Moliyalashtirish manbalari: Muassis tomonidan ajratiladigan mol-mulklar va mablag‘lar; tahririyat faoliyatidan topilgan mol-mulklar va pul mablag‘lari; imtiyozlar va afzalliklar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar.
Tahririyat joylashgan joy (pochta manzili): 100128, Toshkent sh., Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 uy.
Tahririyat to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar: Tahririyat muassisning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Yuridik shaxs maqomiga ega emas. Muassis - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “ G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti” ilmiy-tadqiqot muassasasi “Seysmologiya muammolari” (Problemi seysmologii) jurnalidan tashqari hech qaysi OAV nisbatan, muassis ishonchli boshqaruvchi, noshir tarqatuvchi emas.
Tel/faks: tel.: +99871-241-51-70, 241-32-22,
II. OMMAVIY AXBOROT VOSITASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Maqsad va vazifalari quyidagilardir:
Jurnalning asosiy maqsadi seysmologiya muammolari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida va boshqa mamlakatlarda seysmologiya muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarida olingan, Oliy o‘quv yurtidan keyin ta’lim olayotgan tadqiqotchilar, mustaqil tadqiqotchilar olgan yangi, oxirgi ilmiy natijalarni fundamental ilmiy maqolalar shaklida nashr etishdan iborat.
Jurnal vazifalari - uning sahifalarida seysmologiya muammolariga tegishli ilmiy maqolalarni nashr etish, ilmiy tadqiqot ishlarini mukammallashtirish, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini tegishli yo‘nalish bo‘yicha yanada takomillashtirishga oid ilmiy maqolalarni nashr etish, hamda tegishli me’yoriy hujjatlar, ya’ni qonunlar, farmonlar, farmoyishlar, qarorlar, buyruqlar nizomlar, yo‘riqnomalar va boshqa shunga o‘xshash materillarga sharhlar berib borish. Ilmiy tadqiqotlar sohasida seysmologiya muammolariga tegishli xalqaro hamkorlik, xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitimlar yuzasidan ma’lumotlarni yoritish.
Tayanch doktoranturalarda, Oliy ta’lim tizimidagi magistraturalarda tahsil olayotgan talabalarning seysmologiya muammolari bo‘yicha qiziqishlari, ilmiy tadqiqot va ta’limga oid materillarini jurnal sahifalarida berib boradi.
Seysmologiya va unga yondosh sohalarda sezilarli yutuqlarga erishgan olimlar va talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish. Shuningdek, seysmologiya muammolariga tegishli ilmiy tadqiqot olib borayotgan yoki o‘quvchi talabalarning seysmologiya va unga yondosh sohalari muammolari bo‘yicha yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarga fikrlarini bayon etish.
Jurnal aynan ana shu maqsad va vazifalarni ijro etish orqali O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlashga tegishli fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarda olingan ilmiy yangiliklarni ommalashtirishda ilmiy tadqiqot muassalari va oliy ta’lim tizimidagi ilmiy xodimlarning matbuoti bo‘lishiga erishishni ko‘zda tutadi.
2.2. Tahririyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
– geofizika, seysmologiya, geologiya, matematika, mexanika, axborot texnologiyalari, texnika kabi aniq va tabiiy fanlarni seysmologiya muammolariga tegishli dolzarb ilmiy va amaliy masalalarini yoritish;
– geofizika, seysmologiya, geologiya, matematika, mexanika, axborot texnologiyalari, texnika kabi aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha uchrashuvlar, davra suhbatlari, maslahatlar, konferensiyalar, ko‘rgazmalar, kengash va taqdimot marosimlarini yoritish;
– yangi ilmiy va ilmiy-texnik mahsulotlar va metodik yangiliklar bilan mushtariylarni tanishtirib borish;
– metodik mahsulotlarni muallif berayotgan g‘oyalarni buzmasdan tahrir qilish va zarur holatlarda tarjima qilib, uni qayta ishlash va ko‘paytirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
III. MUASSISNING HUQUQLARI
3.1. Ommaviy axborot vositasining ro‘yxatda qayd etilgan nomidan foydalanish va uni tasarruf etish.
3.2. Maqolalar tayyorlanishi, materiallar to‘planishi va boshqa tashkiliy masalalarda jurnal tahririyati faoliyatiga, moddiy-texnika bazasi va xodimlarning ish sharoitini yaxshilash.
3.3. Ommaviy axborot vositasi chiqarilishini to‘xtatish yoki tugatish.
3.4. Tahririyatning boshqaruv organlarini shakllantirishda ta’sis shartnomasi, tahririyat nizomi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etish.
3.5. Foydani taqsimlashda va zararlarni o‘rnini qoplashda ishtirok etish.
3.6. Eng katta hajmi va chiqariladigan muddati muassis va tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq, reklama tusida bo‘lmagan xabar va materiallarni o‘z nomidan ommaviy axborot vositasida bepul joylashtirish.
3.7. Tahririyatning faoliyati tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilganidan keyin olgan mol-mulkni yoki uning qiymatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
3.8. Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi. ,
IV. MUASSISNING MAJBURIYATLARI
4.1. Tahririyatni tashkil etadi.
4.2. Ommaviy axborot vositasi chiqarilishini ta’minlaydi.
4.3 Jurnal tahririyati faoliyatida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.
4.4. Jurnal tahririyati nizomini tasdiqlaydi, unga o‘zgartirishlar kiritadi.
4.5. Ommaviy axborot vositasining chiqarilishini ta’minlashi;
4.6. Tahririyat bilan shartnoma tuzishi;
4.7. Ommaviy axborot vositlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlanishi;
4.8. Jurnal tahririyatiga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini nazorat qiladi.
4.9. Jurnal muassisi qaytadan tashkil etilganda ommaviy axborot vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga murojaat etadi.
4.10. Muassisning ustav fondi o‘zgarganligi haqida, agar ustav fondida chet el investitsiyalari ulushi ushbu Qonun 8-moddasining to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan chegaradan ortib ketgan bo‘lsa, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligini xabardor etishi shart.
4.11. Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. ,
V. TAHRIRIYATNING HUQUQLARI
5.1 Axborotni izlash, olish, tahrir va tahlil qilish hamda tarqatish.
5.2. Davlat siri yoki qonun bilan ko‘riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan hujjatlar, materiallar va axborotlardan foydalanish.
5.3. Ma’lumotlarni belgilangan tartibda, jumladan, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish.
5.4. Ommaviy tadbirlarga ijodiy guruh (muxbir, tasvirchi)ni yuborish va mavzuni yoritish.
5.5. Tayyor materiallardagi axborotning xolis va ishonchliligi yuzasidan mutasaddi korxona va mutaxassislarga murojaat qilish.
5.6. Materiallarni tahrir, tahlil qilish. 5.7. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
5.8. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni tegishli moddalariga asosan kerakli ma’lumotlarni so‘rab olish.
5.10. Tahririyat qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi. ,
VI. TAHRIRIYATNING MAJBURIYATLARI
6.1. Ushbu nizom va qonun hujjatlariga rioya etish.
6.2. Maqolalar tayyorlanishi va chiqarilishining davriyligini ta’minlash.
6.3. Jurnalda chiqarilayotgan materiallarning xolis va ishonchliligini ta’minlash.
6.4. Shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.
6.5. Xodimlarga me’yordagi mehnat sharoiti va ijodiy imkoniyatlar yaratib berish.
6.6. Tayyorlangan maqolalarning dolzarb, ta’sirchan, tarbiyaviy va ibratli, mazmunli va kishilarga ruhiy va ma’naviy ozuqa beradigan, saviyasi jihatidan talabga javob beradigan bo‘lishini ta’minlash.
6.7. Mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, hududiy yaxlitlikni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, urush, zo‘rovonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotlarni, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va perekursorlarni, spirtlik ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini targ‘ib qilmaslik.
6.8. Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni aks ettiruvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sababchi axborotlarni tarqatmaslik.
6.9. Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini taxqirlash, ishchanlik obro‘siga putur yetkazmaslik, shaxsiy hayotiga aralashmaslik.
6.10. Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov yoki surishtiruv materiallarini, muayyan ishning natijalarini e’lon qilmaslik, shuningdek, sudning qarori chiqmasdan turib, boshqa yo‘l bilan sudga ta’sir o‘tkazmaslik.
6.11. Tahririyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi. ,
VII. TAHRIRIYAT A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Tahririyat a’zolari tahririyat ishida jamoatchilik asosida qatnashadi.
7.2. Jurnal tahririyatiga chop etish uchun topshirilgan ilmiy maqolalarni taqriz qilishda, maqolani jurnalning navbatdagi sonida chop etilishi yoki qayta ishlash uchun qaytarilishi bo‘yicha asoslangan xulasalar beradi.
7.3. Tahririyat a’zolari maslahat ovoziga ega bo‘lib jurnal tahririyati ustidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilishni amalga oshirmaydi.
7.4. Tahririyat a’zosi uzoq vaqt davomida tahririyat faoliyatida, maqolalarni taqrizlashda faol ishlamagan, oxirgi yillarda o‘z sohasi bo‘yicha maqolalar chop etmay qo‘ygan taqdirda jurnal bosh muharriri jurnal muassislaridan tahririyatning bu a’zosini tarkibdan chiqarish masalasini qo‘yadi. ,
TAHRIRIYAT NING BOSHQARUV ORGANLARINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI
8.1 Bosh muharrir muassis tomonidan tayinlanadi. Muassis rahbari bir vaqtning o‘zida tahririyat Bosh muharriri bo‘lishi mumkin.
8.2. Bosh muharrir:
tahririyatga rahbarlik qilib, uning nizom vazifalarining bajarilishini tashkil etadi, shartnomalardagi tahririyatga tegishli majburiyatlar bajarilishi, huquqlar amalga oshirilishini ta’minlaydi. tahririyatning ijodiy faoliyatini tashkil etadi va amalga oshiradi. tahririyat xodimlariga maqolalar tayyorlanadigan yo‘nalishlar, mavzu va vazifalarni belgilab beradi, tayyorlangan maqolalarning chiqarilishiga ruxsat beradi.
8.3. Tahririyat jamoasi Bosh muharrir va tahririyatning boshqa xodimlaridan iborat bo‘lib, kasb faoliyatida mustaqildir. Tahririyat shtatida turgan, materiallarni to‘plash, tahlil, tahrir qilish hamda tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs tahririyat xodimidir. ,
IX. JURNAL CHIQARILISHINI TO‘XTATIB TURISH YOKI TUGATISH ASOSLARI VA TARTIBI
9.1. Jurnal chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish qonunchilikda belgilangan tarzda, muassisning mazkur nizomda nazarda tutilgan hollarda qabul qilgan qarori hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning da’vo arizasi asosida chiqarilgan sud qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
9.2. Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin o‘z qarori haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni uch kun ichida yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor etishi shart. Mazkur xabarnoma ushbu ommaviy axborot vositasi chiqarilishining to‘xtatib turilishi yoki tugatilishidan oldingi so‘nggi chiqarilishlaridan biriga joylashtirilishi kerak.
9.3. OAVning chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish haqida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma tahririyat jurnali orqali chiqarilishi to‘xtatib turilishi va tugatilishidan avvalgi kunlarining birida e’lon qilinadi.
9.4. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning tahririyat faoliyatida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, to‘xtatish va takrorlanmasligi choralarini ko‘rish xususidagi ko‘rsatma (taqdimnoma)sida ta’kidlangan kamchilik va xatoliklar takroriy yozma ogohlantirishdan keyin ham bir oy ichida bartaraf etilmaganligi ommaviy axborot vositasi chiqarilishining sud tartibida to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi.
9.5. Sud qarori bilan to‘xtatilgan ommaviy axborot vositasi chiqarilishini qayta boshlash ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ aniqlagan qonun buzilishlar bartaraf etilganini tasdiqlovchi ma’lumotlar muassisi va (yoki) tahririyat tomonidan sudga taqdim etilganidan keyin sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
9.6. OAVning chiqarilishini sud qarori bilan tugatishga quyidagilar asos bo‘ladi: - tahririyat tomonidan qonun hujjatlari va mazkur nizom talablari muntazam ravishda buzib kelingani, bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tahririyat nomiga yozma ogohlantirishlar yuborilganligi.
- OAVni chiqrishni to‘xtatish haqidagi sud qarori bajarilmaganligi. - jurnal olti oydan ziyod vaqt mobaynida chiqarilmaganligi. - qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar. 9.7. Tahririyat jurnal chiqarilishini tugatishi uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining ham amal qilishi tugatilishiga sabab bo‘ladi. ,
X. TAHRIRIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI
10.1. Tahririyat qonunchilikda belgilangan asos va tartiblarda qayta tashkil etilishi mumkin.
10.2. Tahririyatni qayta tashkil etishga: - -muassisning yoxud sudning qarorlari qabul qilinishi. - - ommaviy axborot vositasining turi o‘zgartirilishi. - tahririyatning qo‘shib yuborilishi, qo‘shib olishi yoxud mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyat yo‘nalishi va ixtisoslashuvi o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
10.3. Qayta tashkil etilganda tahririyatning ta’sis hujjati yangidan tasdiqlanib, qayta ro‘yxatdan o‘tishga taqdim etiladi.
10.4. Tahririyat muassisi yoki sudning qarori asosida tugatilishi mumkin.
10.5. Muassisning tugatilishi bir vaqtning o‘zida tahririyatning tugatilishiga am asos bo‘ladi.
10.6. Tahririyat tugatilganda uning majburiyatlari yuzasidan javobgarlik kimning zimmasida olishi yoki o‘tishi hal etiladi. Tahririyatning shartnomaviy majburiyatlari uchun uning o‘zi javobgar bo‘ladi.
10.7. Tahririyatning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi uning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi tugatilishiga sabab bo‘ladi. ,
XI. NIZOMNI QABUL QILISH VA UNGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TARTIBI
11.1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tarzda tahririyat Nizomi Muassis qarori bilan qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
11.2. “Seysmologiya muammolari (Problemi seysmologii)” jurnal tahririyatining mazkur nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Muassisning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
11.3. Muassis tahririyat Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandan keyin darhol bu haqda, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab tegishli hujjatlarni taqdim etadi. ,
XII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
12.1. Tahririyatning tashkil etilishi, faoliyat ko‘rsatishi va faoliyatining tugatilishi sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro kelishuv asosida hal etiladi.
12.2. Muassis va tahririyat o‘rtasidagi nizolar o‘zaro kelishuvga ko‘ra hal etilishiga erishilmagan taqdirda, tomonlardan birining ixtiyoriga ko‘ra, sud orqali hal etilishi mumkin.
Bosh muharrir: Q.N.Abdullabekov
Ushbu Nizom muassis – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar aademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti Ilmiy kengashining 2022 yil 17 iyundagi 7-sonli majlisida muhokama qilinib tasdiqlangan.