📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

INSTRUMENTAL SEYSMOLOGIYA VA SEYSMOMETRIYA LABORATORIYASI

Mudir rasmi
MAMAROZIKOV TIMUR UMARJONOVICH

Laboratoriya mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI:
 Kuchli zilzilalarning aftershok jarayonlarini o‘rganish;
 Seysmik to‘lqinlarning xususiyatlarini tahlil qilish;
 Erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish;
 Bino-inshootlarning seysmik zaifligini baholash;
 Suv omborlarining to‘g‘onlarini monitoring qilish.


LABORATORIYANING VAZIFALARI:
 Lokal seysmik monitoring tizimini yaratishga oid qo‘llanma va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
 Yer qobig‘ida seysmik to‘lqinlarning tarqalish xususiyatlarini tadqiq etish;
 Mahalliy seysmologik godograflarni yaratish;
 Kuchli zilzilalardan erta ogohlantirish texnologiyasini yaratish va amaliyotga joriy qilish;
 Xalqaro standartlarga mos yangi avlod seysmometrik uskunalarini yaratish;
 Instrumental-seysmometrik usullar asosida ma’sulyati yuqori bo‘lgan obyektlar hamda bino-inshootlarning holatini kuzatish uchun uzluksiz monitoring tizim metodologiyasini ishlab chiqish;
 Seysmik mikrohududlashtirish tadqiqotlarini olib borish.


SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR:
- O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlarda joylashgan seysmogen zonalar uchun akselerogrammalarning hududiy bankini yaratish maqsadida 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun sintetik akselerogrammalar bazasi yaratildi. Loyihalash tashkilotlari tomonidan foydalanish uchun mo‘jallangan turli xil grunt sharoitlari uchun 90%, 95%, 98% va 99% dan ko‘p bolmagan ehtimolliklar hisoblanadi.

- O‘zbekiston Respublikasi hududida kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish va zilzilalar to‘g‘risida favqulodda ma’lumot berish metodikasini ishlab chiqish bo‘yicha “Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi. Tarmoq orqali P-to‘lqinlarining maksimal tezlanish qiymatlarini uzatish uchun akselerometr ishlab chiqildi. “Seysmik ta’sir intensivligi ko‘rsatkichi” qurilmasi Arduino Uno mikrokontrolleri asosida ishlab chiqarildi.

- Respublikaning seysmik faol hududida joylashgan suv omborlarida uzluksiz instrumental seysmologik kuzatishlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha To‘polang, Hisorak, Pachkamar, Rezaksoy, Karkidon, Andijon va Chorvoq suv omborlarida mahalliy muhandis-geologik, geomorfologik malumotlari asosida o‘tkazilgan texnogen va mikroseysmik o‘lchovlar va boshqa sharoitlar ta’siridan kelib chiqqan tebranish amplitudalari, yuqori (rezonans) davrlari va o‘sish koeffitsientlari aniqlangan.

Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 90-317-03-36
+998 99-899-31-13
E-mail: timur.mamarozikov@yandex.ru
nozim.o.k92@gmail.com
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Mamarozikov Timur Umarjonovich Laboratoriya mudiri, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
2 Xamidov Lutfulla Abdullayevich Bosh ilmiy xodim, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
3 Oripov Nozimjon Komilovich Katta ilmiy xodim, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
4 Artikov Farxod Rustamovich Katta ilmiy xodim
5 Yo‘ldoshev Erkin Shavkatovich Kichik ilmiy xodim
6 Kurbanov Timur Saidraxmatovich Kichik ilmiy xodim
7 Islamov Hasan Akmalovich Tayanch doktorant
8 Alimov Bahodir Gayratovich Tayanch doktorant
9 Abdushukurov Shohjahon Zarifovich Yetakchi muhandis
10 Abduraimov G‘ayrat Ismat o‘g‘li Yetakchi muhandis
11 Xalbayev Suratbek B. Laborant
12 Qodirov Javohir Zoir o‘g‘li Laborant
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi