📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

SEYSMIK XATARLAR (RISK) LABORATORIYASI

Mudir rasmi
Yodgorov Sharofiddin lsmatullayevich

Laboratoriya mudiri - geologiya-mineralogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI

Seysmik xatarni turli miqyosda baholash va xaritalash;
Bino va mshootlarning seysmik ta'sirlarda shikastlanishini aniqlash;
Grunt sharoitlarini hisobga olgan holda ssenarli zilzilalarni ishlab chiqish;
Kuchli zilzilalarda seysmik xatarni boshqarish uslublarini yaratish;
Seysmik xatarni baholash dasturiy ta'minotlarini ishlab chiqish;
Hududlarni kuchli zilzilalardagi simulyatsion modelini ishlab.


LABORATORIYANING VAZIFALARI:

Zamonaviy yondoshuvlar asosida seysmik riskni baholash metodologiyalarini ishlab chiqish;
Kuchli zilzilalar ta'sirida talafotlanish darajasini iqtisodiy baholash imkonini beruvchi raqamli simulyatsion modelini ishlab chiqish;
Kuchli zilzilalar riskini bashoratlash texnologiyasini ishlab chiqish;
Respublika hududining seysmik riskini baholash bo'yicha ma'lumotlar bazasini yaratish hamda ushbu ma'lumotlar asosida seysmik risk xaritasini ishlab chiqish;
Kuchli zilzilalar yuz berganda zilzila oqibatlarini tezkor aniqlash va dastlabki ehtimoliy zararni baholash uchun geoaxborot tizimi (GAT) asosida, kompyuter dasturini ishlab chiqish;
Seysmik riskni kamaytirish va boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.


SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR:

O'zbekiston Respublikasi hududining mintaqaviy darajadagi seysmik xavfi va xatari baholandi va 1:1000000 miqyosidagi O'zbekiston Respublikasi seysmik xatar xaritasi tuzildi. Xarita Respublika aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash bo'yicha profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.

Geoaxborot tizimi (GAT) asosida «SeismicRiskAssessment.v.2.0» kompyuter dasturi ishlab chiqildi. Dastur Respublika hududida kuchli zilzilalar yuz berganda zilzila oqibatlarini tezkor aniqlash va dastlabki ehtimoliy zararni baholashga mo'ljallangan. Mazkur dastur O'zbekiston Respublikasi hududi uchun seysmik xatarni baholash va xaritasini tuzish uchun raqamli ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishga qaratilgan

Tashkent, Samarqand va Farg'ona viloyatlarining seysmik xatarni baholash bo'yicha ssenarli zilzila tahlili natijalariga ko'ra, mavjud barcha turar joy binolar 6, 7 va 8 ball seysmik ta'sir zonalarida joylashgan. MSK-64 Xalqaro makroseysmik shkala bo'yicha Tashkent viloyatida 188 119 ta turar joy binosi Ill va IV darajali shikastlaish, Samarqand viloyatida 148 703 ta vaFarg'ona viloyatida 132 895 ta turar joy binosi IV va V darajali shikastlanishi baholandi. Ushbu xaritalar bo'lishi mumkin bo'lgan kuchli zilzilalarga tayyorgarlik ko'rish hamda zilzila oqibatlarini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Yodgorov Sharofiddin Ismatullayevich Laboratoriya mudiri – geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
2 Ismailov Vaxitxan Alixanovich Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor
3 Mardonov Botir Mardonovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor
4 Xusomiddinov Sabriddin Samarovich Fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
5 Aktamov Bekzod Uktamovich Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
6 Avazov Shuhrat Baxtiyorovich Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (PhD), katta ilmiy xodim
7 Teshaeva Ruxsora Baxodir qizi Katta ilmiy xodim
8 Mansurov Azizjon Farxod o`g`li Kichik ilmiy xodim
9 Islomova Nilufar Fayzullayevna Tayanch doktorant
10 Avazov Azizbek Baxrom o`g`li Tayanch doktorant
11 Xayriddinov Bahodir Baxtiyor o‘g‘li Stajyor tadqiqotchi
12 Muhammadqulov Nurali Murodaliyevich Stajyor tadqiqotchi
13 Raxmonova Dilshoda Utkir qizi Yetakchi muhandis
14 Baxtiyorova Ruxsora Doniyor qizi Yetakchi muhandis
15 Jalilov Xasan Abdirazzoq o`g`li Yetakchi muhandis
16 Toshmurodov Abdulaziz Baxtiyor o‘g‘li Yetakchi muhandis
17 Jumaev Doston Davlat o`g`li Yetakchi muhandis
18 Alijonova Maxliyo Dilshod qizi Muhandis
19 Saidmaxmudova O`g`iloy Bahodir qizi Laborant
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi