📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

SEYSMOTEKTONIKA VA GEODINAMIKA LABORATORIYASI

Mudir rasmi
Nurmatov Ulfat Amanovich

Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari nomzodi

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI
Zilzilalarni vujudga kelishining geologik-tektonik omillari va sharoitlarini o'rganish; Seysmotektonik faollashuvni uzoq muddatli prognozlash; Seysmik xavfni baholashning seysmotektonik asoslarini takomillashtirish; Yer qobig'ining turli darajali tuzilmalarining kuchlanganlik-deformatsion holatining qonuniyatlarini o'rganish; GNSS ma’lumotlari asosida yer qobig'ining zamonaviy gorizontal va vertikal harakat yo’nalishlari va tezliklarini tahlil qilish; Tektonik yer yoriqlari zonalarini o’rganish, ularning seysmotektonik potensialini baholash.
LABORATORIYANING VAZIFALARI
Zamonaviy razlom-blokli tuzilmalarning seysmotektonik xususiyatlarini tahlil qilish va ularning seysmogeodinamik modellarini ishlab chiqish. Yer qobig'ining blokli, yoriqli va qatlamli tuzilishini tahlil qilish, geodinamik bloklar va ularning zilzila manbalarini shakllantirishdagi kuchlanganlik holatini baholash; Yer qobig'ining turli rangdagi geodinamik bloklarini chegaralab turgan va zilzilalar manbai bo'lgan yirik yer yoriqlarini aniqlash, seysmik potensialini baholash, ularni morfologiyasini tadqiq etish va xaritalarini tuzish; Respublikaning seysmik faol hududlarini kompleks geologik-geofizik, seysmologik va geodinamik ma'lumotlarini o'zida mujassamlashtirgan seysmotektonik modellarini yaratish; Respublika hududini turli masshtabda seysmik rayonlashtirishning (umumiy, mukammal va mikrorseysmik) seysmotektonik asoslarini yaratish; Seysmik faol hududlarda, faol yer yorig’i zonalarida, texnogen ob’ektlar doirasida seysmotektonik va geodinamik holatni baholash uchun kosmogeodezik (GNSS) va geofizik izlanishlarni olib borish.
SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR
G'arbiy O'zbekiston hududi seysmikligini namoyon bo'lishida ko'ndalang yer yoriqlarini o'rni muhimligi aniqlandi. Bugungi kundagi kuchli zilzilalar episentrlari ko'ndalang yer yoriqlari yo'nalishi bo'yicha namoyon bo'lib, seysmogen zonalar bilan kesishgan qismlarida sodir bo'lishi aniqlandi; Sharqiy O'zbekiston yer qobig'ining faol yer yoriqlari xaritasi tuzildi. Tuzilgan ushbu xarita hududdagi zilzilalarning chiziqli manbai hisoblanib, seysmogen zonalarni ajratishga geologik asos sifatida qabul qilindi; Tiyon-Shon orogeni hamda Turon plitasining to'qnashgan qismini matematik modeli ishlab chiqildi. GNSS ma'lumotlarini tahlili asosida Shimoliy va Janubiy Farg'ona faol yer yoriqlari hamda ularning ta'sir zonalarining kuchlanganlik holatini matematik modeli yaratildi; O'zbekiston hududining 1:1000000 masshtabdagi seysmogen zonalar xaritasi tuzildi.

Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 90 9509683
E-mail: ulfat.nurmatov@mail.ru
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Nurmatov Ulfat Amanovich Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari nomzodi
2 Sodiqov Yusup Muxtarovich Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
3 Usmanova Mohira Turabovna Fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
4 Shukurov Zuxriddin Fazliddinovich Geologiya-mineralogiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
5 Yusupdjanova O’lmas Akbarovna Katta ilmiy xodim
6 Qultaev Saydulla Kamol o’g’li Kichik ilmiy xodim
7 Rashidov Azamat Abduvali o’g’li Yetakchi muhandis
8 Ismatov Shoxruh Erkin o’g’li Yetakchi muhandis
9 Husanboyev Salimjon Saminjon o’g’li Yetakchi muhandis
10 G’aniyeva Sevara O’tkir qizi Laborant
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Karjantog‘ yer yorig‘i zonasining GNSS o‘lchov natijalari

Faoliyat rasmi

Toshkentoldi hududining faol yer yoriqlari xaritasi

Faoliyat rasmi

O‘zbekistonning seysmogen zonalari xaritasi

Faoliyat rasmi