📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

SEYSMOPROGNOSTIK MA’LUMOTLARNI KOMPLEKS TAHLIL QILISh LABORATORIYASI

Mudir rasmi
To‘ychiev Axmadjan Ismailovich

Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan keng qamrovli seysmologik va seysmoprognostik monitoring natijalarini kompleks tahlil qilish; seysmologik va seysmoprognostik monitoring natijalarini kompleks tahlil qilishning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va tatbiq etish; Kuzatilayotgan geologik-geofizik maydonlar parametrlarida zilzila bilan bog‘liq darakchi o‘zgarishlarni ajratib olish usullarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish.
LABORATORIYANING VAZIFALARI
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi, tegishli laboratoriyalar tomonidan olib borilayotgan seysmik va seysmoprognostik monitoring natijalarini kompleks tahlil qilish; kuzatuv natijalaridan darakchi sifatidagi anomal o‘zgarishlarni zamonaviy matematik apparatlar yordamida ajratish, ishonchlilik darajasini baholash; anomal o‘zgarishlar ko‘rsatkichlarini zilzilalarni tayyorlanishi va sodir bo‘lishining mavjud modellari bilan solishtirib tahlil qilish; darakchi sifatidagi anomal o‘zgarishlarni dinamikasini nazorat qilib borish va zilzilaning sodir bo‘lishini ehtimoliy baholash; respublika va viloyatlar hududlarini seysmik vaziyatini yillik, chorak, oylik va haftalik vaqtlar kesimida baholab borishda ishtirok etish; Seysmolgiya instituti va FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xodimlaridan iborat “Seysmik vaziyatni baholash va yaqin kelajakdagi seysmik vaziyatni prognoz qilish bo‘yicha Idoralararo ekspert komissiyasi” majlislariga tahliliy ma’lumotlar tayyorlash; Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi va Seysmolgiya instituti laboratoriyalari tomonidan olib borilayotgan seysmik kuzatuv natijalarini umumlashtirish, yagona tizimga keltirish va respublika va unga yondosh hududlarda sodir bo‘lgan zilzilalar yagona katalogini shakllantirish.
SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR
Gidrogeoseysmologik kuzatuvlarni o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma yaratildi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga amaliyotda foydalanish uchun tatbiq qilindi. Seysmologik va seysmoprognostik monitoring natijalarini statistik va ekspert usullari orqali tahlil qilish algoritmlari va dasturiy ta'minotlari yaratildi. Seysmologik va seysmoprognostik monitoring natijalarini T.Rautian usulida zilzilaning ta’sir etish masofasi avtomatik aniqlash hamda statistik va ekspert usullari orqali tahlil qilish uchun SPM Visualizer +P dasturi yaratildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi PFQ-144-sonli qarori 12.3 bandiga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga gidrogeoseysmologik kuzatuvlarni o‘tkazish uchun 6 ta skvajinalar tanlab olindi va taqdim etildi.

Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 93 001 64 41
+998 97 434 74 27
E-mail: tuichiev.1960@mail.ru
alisher.rasulov196208@gmail.com
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 To‘ychiev Axmadjan Ismailovich Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim
2 Rasulov Alisher Vaxobjonovich Katta ilmiy xodim
3 Sadirov Feruz Xasanovich Katta ilmiy xodim
4 Mamaraximov Jasur Qaxramon o‘g‘li Kichik ilmiy xodim
5 G‘anieva Barno Rustamovna Kichik ilmiy xodim
6 Karimov Ulug‘bek Baxtiyorovich AKT bosh mutaxassisi
7 Onarboev Muxammad Umrqul o‘g‘li AKT mutaxassisi
8 Qurbonova Yangiljon Akmanovna AKT mutaxassisi
9 Abdullaev Sadibek Mamayunus o‘g‘li AKT mutaxassisi
10 Moyliev Doston Rustam o‘g‘li AKT mutaxassisi
11 Fayziev Miralisher Mirbosit o'g'li AKT mutaxassisi
12 Eliboeva Saida Muzaffar qizi AKT mutaxassisi
13 Xusanov Umarali Mirjahon o‘g‘li AKT mutaxassisi
14 Shaxriev Bekro‘z Bekmurod o‘g‘li AKT mutaxassisi
15 Egamberdieva Rayxona Abdug‘ofur qizi Yetakchi muhandis
16 Mirisaeva Shaxnoza Mirmaxmudovna Yetakchi muhandis
17 Mamatova Sayyoraxon Omonovna Laborant
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Gidrogeoseysmologik kuzatuvlarni o'tkazish bo'yicha uslubiy qo'llanma yaratildi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga amaliyotda foydalanish uchun tatbiq qilindi.

Faoliyat rasmi

Seysmologik va seysmoprognostik monitoring natijalarini statistik va ekspert usullari orqali tahlil qilish algoritmlari va dasturiy ta'minotlari yaratildi.

Faoliyat rasmi

Seysmologik va seysmoprognostik monitoring natijalarini T.Rautian usulida zilzilaning ta’sir etish masofasi avtomatik aniqlash hamda statistik va ekspert usullari orqali tahlil qilish uchun SPM Visualizer +P dasturi yaratildi

Faoliyat rasmi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi PFQ-144-sonli qarori 12.3 bandiga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markaziga gidrogeoseysmologik kuzatuvlarni o‘tkazish uchun 6 ta skvajinalar tanlab olindi va taqdim etildi.

Faoliyat rasmi

Faoliyat rasmi