Seysmogen Jarayonlar Laboratoriyasi

Yusupov Valijon Rustamovich
Yusupov Valijon Rustamovich
Laboratoriya mudiri - geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
SEYSMOGEN JARAYONLAR LABORATORIYASI

SEYSMOGEN JARAYONLAR LABORATORIYASI

SEYSMOGEN JARAYONLAR LABORATORIYASI
LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI
  • Yer qobig'idagi elektromagnit hodisalarni, zilzila darakchilari kompleksining makon va zamonda namoyon bo'lishi xususiyatlarini o'rganish.
  • Zilzilalarni prognozlash usullari tizimining nazariy asoslarini, zilzilalarni tayyorlanish jarayonlarining geofizik modellarini ishlab chiqish.
  • Suv omborlari, yerosti gaz omborlari, gaz va neft konlaridan foydalanish rejimining elektromagnit maydonlar variatsiyalarining xususiyatlariga ta'sirini tadqiq qilish.

LABORATORIYANING VAZIFALARI
  • Kuchli zilzilalarni prognoz qilishda qo‘llanilayotgan geofizik usullar majmuasining nazariy asoslarini ishlab chiqish.
  • Texnogen ob’ektlar hududlarida ulardan foydalanishda mahalliy seysmik rejimga ta’sirini o‘rganish.
  • Kuchli zilzilalarning tayyorlanishi yo‘lida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda geofizik modellarini ishlab chiqish.
  • Zilzilalarni prognoz qilishda dunyo tajribasini o‘rganib, ma’lumotlarni tahlil qilishning yangi usullarini yaratish va takliflar ishlab chiqish.
  • Kuchli zilzilalar darakchilarining namoyon bo‘lish tabiatini o‘rganish.
  • Kuchli zilzilalar darakchilarining namoyon bo‘lish qonuniyatlarini ishlab chiqish.
  • O‘zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan magnitometrik stansiyalar ma’lumotlarini muntazam tahlil qilish hamda Prognoz komissiyasiga ilmiy xulosalar taqdim etish.

SO‘NGGI YILLARDA ERISHILGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR

INTERMAGNET bazasiga kiruvchi 16 ta statsionar stansiya hamda O‘zbekiston hududida joylashgan 15 ta statsionar magnit stansiyalaridan olingan ma’lumotlar asosida Yer magnit maydonining asriy o‘zgarishlari xaritasi ishlab chiqildi.

Seysmogen jarayonlar laboratoriyasi xodimlari tomonidan 1968–2025-yillar davomida 630 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 ga yaqin monografiyalar chop etildi, ixtirolar uchun 8 ta mualliflik guvohnomasi va patent olindi. Shuningdek, 4 ta doktorlik va 10 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarorining 1-ilovasi 8-bandiga muvofiq kuchli zilzilalarning o‘rta va qisqa muddatli darakchilarining namoyon bo‘lishiga oid yangi geofizik model yaratildi.

Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Yusupov Valijon Rustamovich Laboratoriya mudiri – geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
2 Abdullabekov Kaxarbay Nasirbekovich Fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi
3 Maqsudov Sabitjon Hamidovich Fizika-matematika fanlari doktori, bosh ilmiy xodim, professor
4 Hasanova Gulhayo Isrofilovna Falsafa doktori (PhD)
5 Rasulov Alisher Vaxobjonovich Katta ilmiy xodim
6 Sagdullayeva Kamola Abdullayevna Kichik ilmiy xodim
7 Qayumov Begzod Raxmatkulovich Kichik ilmiy xodim
8 Nazarov Sarvar Husan o'g'li Tayanch doktorant
9 Turaev Shahzod Akmal o‘g‘li Stajer tadqiqotchi
10 Jabborov Ulug'bek Chori o'g'li Muhandis
11 Boltaev Farxodjon Sharifjon o'g'li Muhandis
12 Xakimov Elbek Nodirjon o‘g‘li Muhandis
13 Mirsaidov Ma’ruf Mirzoxidovich Muhandis
14 Rizakaeva Madina Abduxamidovna Muhandis
15 Yunusalieva Mahliyo Mirzoxidjon qizi Laborant
16 Salimov Ilhom Mansur o‘g‘li Muhandis
17 Gulmanova Shohista Habibovna Laborant