Gruntlar Seysmodinamikasi Laboratoriyasi

Bozorov Jonibek Shavkatovich
Bozorov Jonibek Shavkatovich
Laboratoriya mudiri – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
GRUNTLAR SEYSMODINAMIKASI LABORATORIYASI

GRUNTLAR SEYSMODINAMIKASI LABORATORIYASI

GRUNTLAR SEYSMODINAMIKASI LABORATORIYASI
LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI
  • Kuchli zilzilalarda dispers gruntlarda quyqalanish xossalarini o‘rganish hamda ularni bartaraf qilish texnologiyalarini ishlab chiqish.
  • Statik va dinamik ta’sirlarda gruntlarning deformatsion va mustahkamlik xossalarini o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish.
  • Lyoss va lyossimon gruntlar tarqalgan qurilish maydonlarida seysmik ta'sirni yumshatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
  • Bino va inshootlarga seysmik ta'sirni kamaytirish maqsadida poydevor asosidagi gruntlarning tebranish parametrlarini sun'iy o‘zgartirish hamda seysmoizolyatsiya qatlamlarini yaratish.

LABORATORIYANING VAZIFALARI
  • Kuchli zilzilalar sharoitida dispers gruntlarda sodir bo‘ladigan quyqalanish jarayonlarining fizik-mexanik va seysmodinamik xususiyatlarini eksperimental hamda nazariy jihatdan tadqiq etish, ushbu jarayonlarning yuzaga kelish mexanizmlarini aniqlash hamda ularni oldini olish yoki kamaytirishga qaratilgan innovatsion muhandislik-texnologik yechimlarni ishlab chiqish.
  • Statik va dinamik yuklamalar ta’sirida gruntlarning deformatsion va mustahkamlik xossalarining o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash, ularning stress-deformatsiya holatini modellashtirish hamda seysmik ta’sir sharoitida grunt asoslarining barqarorligini baholash uchun ilmiy asoslangan metodikalarni ishlab chiqish.
  • Lyoss va lyossimon gruntlar keng tarqalgan hududlarda qurilish maydonlarining muhandis-geologik sharoitlarini hisobga olgan holda seysmik ta’sirni kamaytirishga qaratilgan kompleks muhandislik chora-tadbirlarini ishlab chiqish, jumladan gruntlarni mustahkamlash, zichlashtirish va stabilizatsiya qilish usullarining samaradorligini baholash.
  • Bino va inshootlarga uzatilayotgan seysmik energiyani kamaytirish maqsadida poydevor asosidagi gruntlarning tebranish parametrlarini boshqarish usullarini tadqiq etish, sun'iy seysmoizolyatsiya qatlamlari hamda energiya so‘ndiruvchi gruntli muhitlarni yaratish texnologiyalarini ishlab chiqish.
  • Seysmodinamik jarayonlarni laboratoriya va dala sharoitida modellashtirish asosida grunt asoslarining zilzilaga chidamliligini oshirishga qaratilgan yangi ilmiy yondashuvlar, hisoblash usullari va muhandislik tavsiyalarini ishlab chiqish hamda ularni qurilish amaliyotiga joriy etish.

HAMKORLIK UCHUN ALOQALAR

Telefon: +998 94 659 01 92
E-mail: j.bozorov1968@gmail.com

Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi