“Seysmik xavf” laboratoriyasi

Mirzayev Murodjon Abduraximdjanovich
Mirzayev Murodjon Abduraximdjanovich
Laboratoriya mudiri - fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
“Seysmik xavf” laboratoriyasi

“Seysmik xavf” laboratoriyasi

Laboratoriya asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
  • Seysmiklikning ifodalanish qonuniyatlarini aniqlash;
  • Seysmik xavfni baholash;
  • Zilzila mexanizmini tahlil qilish;
  • Tektonik jarayonlarni matematik modellash.
Asosiy vazifalari:
  1. Hududlar seysmik xavfini baholash va seysmik rayonlashtirish zamonaviy usullarini takomillashtirish;
  2. Kuchli zilzila o‘chog‘ida makon va zamon bo‘yicha seysmik jarayonning rivojlanish qonuniyati va seysmafaol hududlarda kuchli zilzilalar majmuasining namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘yicha seysmik rejimning prognostik parametrlari yordamida yaqin yillarda seysmik faol bo‘ladigan hududlarni aniqlash metodologiyasini ishlab chiqish;
  3. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo hududi yer qobig‘ining kuchlangan deformatsion holatini zilzila o‘choqlari mexanizmi va tektonik jarayonlarni matematik modellashtirish orqali baholash.
So‘nggi yillarda olingan natijalar:
  • Seysmik jarayon va seysmik ta’sirlarning aniqlangan regional qonuniyatlari asosida seysmik xavf baholandi va O‘zbekiston hududining yangi seysmik rayonlashtirish xaritalari to‘plami tuzildi.
  • Seysmik rejimning prognostik parametrlari majmuasi asosida yaqin yillarda seysmik faol bo‘ladigan hududlarni aniqlash metodologiyasi yaratildi. Yaqin yillarda seysmik faol bo‘ladigan hududlar odatda tarixiy va kuzatuv tizimi davrida qayd etilgan kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan hududlarda kuzatilishi aniqlangan.
  • Chuqur yer yoriqlarini hisobga olgan holda hudud yer qobig‘ining kuchlangan holatining matematik modeli tuzildi, natijada tezliklar ko‘chishi maydoni uchun sonli qiymatlari aniqlandi. Model instrumental ma’lumotlar natijalari bilan taqqoslandi.
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Mirzaev Murodjon Abduraximdjanovich Laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
2 Ibragimov Roman Solomonovich Fizika-matematika fanlari doktori, bosh ilmiy xodim
3 Ibragimova Tatyana Lyudvigovna Fizika-matematika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim
4 Ashurov Sarvar Xolmamat o‘g‘li Kichik ilmiy xodim
5 Axmadxho‘jaeva Shaxzoda Odil qizi Yetakchi muhandis
6 Yakubov Ahmad Muzaffar o‘g‘li Yetakchi muhandis
7 Jo‘raboev Jasurbek Baxtiyor o‘g‘li Yetakchi muhandis
8 Karamatova Dilnoza Rustam qizi Yetakchi muhandis
9 Egamberdieva Rayxona Abdug‘affor qizi Yetakchi muhandis
10 Shamsitdinova Kamola Akmal qizi Laborant