Zamonaviy geodinamika laboratoriyasi

Nurmatov Ulfat Amanovich
Nurmatov Ulfat Amanovich
Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari nomzodi
ZAMONAVIY GEODINAMIKA LABORATORIYASI

ZAMONAVIY GEODINAMIKA LABORATORIYASI

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari
  • Zilzilalarni vujudga kelishining geologik-tektonik omillari va sharoitlarini o‘rganish.
  • Seysmotektonik faollashuvni uzoq muddatli prognozlash.
  • Seysmik xavfni baholashning seysmotektonik asoslarini takomillashtirish.
  • Yer qobig‘ining turli darajali tuzilmalarining kuchlanganlik-deformatsion holatini o‘rganish.
  • GNSS ma'lumotlari asosida yer qobig‘ining zamonaviy gorizontal va vertikal harakatlarini tahlil qilish.
  • Tektonik yer yoriqlari zonalarini o‘rganish va ularning seysmotektonik potensialini baholash.
Laboratoriyaning vazifalari
  • Zamonaviy yoriqli-blokli tuzilmalarning seysmotektonik xususiyatlarini tahlil qilish va seysmogeodinamik modellarini ishlab chiqish.
  • Yer qobig‘ining blokli, yoriqli va qatlamli tuzilishini tahlil qilish.
  • Yirik faol yer yoriqlarini aniqlash, seysmik potensialini baholash va xaritalarini yaratish.
  • Respublikaning seysmik faol hududlari uchun kompleks seysmotektonik modellarni ishlab chiqish.
  • Respublika hududini umumiy, mukammal va mikroseysmik rayonlashtirishning seysmotektonik asoslarini yaratish.
  • GNSS va geofizik tadqiqotlar orqali faol yer yoriqlari hamda texnogen obyektlarning geodinamik holatini baholash.
So‘nggi yillarda olingan asosiy ilmiy natijalar
  • G‘arbiy O‘zbekiston seysmikligida ko‘ndalang yer yoriqlarining muhim roli aniqlandi.
  • Sharqiy O‘zbekiston faol yer yoriqlari xaritasi tuzildi va seysmogen zonalarni ajratish uchun geologik asos sifatida qabul qilindi.
  • Tiyon-Shon orogeni va Turon plitasining to‘qnashuv zonasining matematik modeli yaratildi.
  • GNSS ma'lumotlari asosida Shimoliy va Janubiy Farg‘ona faol yer yoriqlarining kuchlanganlik-deformatsion modeli ishlab chiqildi.
  • O‘zbekiston hududining 1:1 000 000 masshtabdagi aniqlashtirilgan seysmogen zonalari xaritasi yaratildi.
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Nurmatov Ulfat Amanovich Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
2 Sodiqov Yusup Muxtarovich Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim
3 Shukurov Zuxriddin Fazliddinovich Geologiya-mineralogiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
4 Yusupdjanova O'lmas Akbarovna Katta ilmiy xodim
5 Maxammedraximov Chingizxan Kichik ilmiy xodim
6 Eshimov Shohruh Ahmad o'g'li Kichik ilmiy xodim
7 Qultaev Saydulla Kamol o'g'li Tayanch doktorant
8 Bo'riboyev Ro'ziboy Olimjon o'g'li Yetakchi muhandis
9 Husanboyev Salimjon Saminjon o'g'li Yetakchi muhandis
10 G'aniyeva Sevara O'tkir qizi Yetakchi muhandis
11 Allaberganov Diyorbek Erkaboy o'g'li Laborant