Seysmik xavfli zonalar kadastr xizmati

Normo‘minov Mirjahon Sherali o‘g‘li
Normo‘minov Mirjahon Sherali o‘g‘li
Xizmat rahbari
Seysmik xavfli zonalar kadastr xizmati

Seysmik xavfli zonalar kadastr xizmati

Seysmik xavfli zonalar kadastr xizmati

Normo‘minov Mirjahon Sherali o‘g‘li
Xizmat rahbari

Seysmik xavfli zonalar kadastr xizmati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-iyundagi 152-son qarori asosida tashkil etilgan. Ushbu xizmat Tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda mamlakat hududidagi seysmik xavfli zonalarni tizimli ravishda o‘rganish, baholash va geoaxborot bazasini shakllantirish bilan shug‘ullanadi.

Asosiy maqsad

Seysmik faol hududlarni aniqlash, baholash va hujjatlashtirish, seysmik monitoring natijalarini Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilish hamda xavfsiz hududiy rejalashtirish va qurilish ishlarini ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Asosiy vazifalari
  • Respublika hududidagi seysmik xavfli zonalarni hisobga olish.
  • Seysmik monitoring natijalarini muntazam yangilab borish.
  • Geoaxborot texnologiyalari asosida kadastr ma’lumotlarini yuritish.
  • MGAT bilan integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
  • Davlat organlarini ishonchli seysmik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
  • Seysmik xavfli hududlar bo‘yicha tematik xaritalarni tayyorlash.
Tematik qatlamlar
  • Seysmogen zonalar.
  • Seysmik stansiyalar.
  • Tebranish zonalari.
  • Faol yer yoriqlari.
  • Zilzila epitsentrlari.
  • Kuchli zilzilalarning izoseystlari.
  • Seysmik mikrorayonlashtirish ishlari bajarilgan shaharlar va aholi punktlari.
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Normo‘minov Mirjahon Sherali o‘g‘li Xizmat rahbari
2 Ahmatullayeva Nargiza Shuxrat qizi Yetakchi muhandis
3 Nugmanova Aropat Abduraxmitovna Yetakchi muhandis