Geoinformatika va sun’iy intellekt laboratoriyasi

To‘ychiev Axmadjan Ismailovich
To‘ychiev Axmadjan Ismailovich
Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
GEOINFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT LABORATORIYASI

GEOINFORMATIKA VA SUN’IY INTELLEKT LABORATORIYASI

Laboratoriya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida 2026-yil mart oyida tashkil etilgan.

Laboratoriyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari
  • Geoinformatika va sun’iy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish.
  • Mashinali o‘rganishning fizik axborotli modellarida foydalanish uchun Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston yer qobig‘ining kuchlanganlik holatining matematik modellarini yaratish.
  • Kuchli zilzilalarni o‘rta va uzoq muddatli prognoz qilishda sun’iy intellektni qo‘llash.
  • Forshoklarni bashorat qilish, kuchsiz silkinishlarni aniqlash hamda sun’iy intellekt yordamida kuchli zilzilalarning vaqtini va joyini prognoz qilish.
  • Zilzilalarni prognoz qilish uchun kosmik suratlar va sensor ma’lumotlari kombinatsiyasini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish.
Laboratoriya vazifalari
  • Sun’iy intellekt usullari yordamida kuchli zilzilalar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarni baholash uchun mavjud ma’lumotlar bazalarini to‘plash.
  • Geoma’lumotlar bazalarini yaratish va ularni mashinali o‘rganishda foydalanish uchun moslashtirish.
  • Yoriq zonalarida kuchsiz signallarni aniqlash uchun mashinali o‘rganish algoritmlarini ishlab chiqish.
  • Zilzilalar bilan bog‘liq geologik-geofizik maydonlarining darakchi parametrlarini ajratish usullarini takomillashtirish va ularni mashinali o‘rganishga mos formatga keltirish.
  • Geologik-geofizik parametrlar asosida kuchli zilzilalarni prognoz qilish uchun mavjud mashinali o‘rganish algoritmlarini moslashtirish.
  • Kichik tanlanmalar va mashinali o‘rganish prognoz modellarining interpretatsiyasi muammolarini tadqiq qilish.
  • Mutaxassislarni tayyorlash hamda xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish.
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 To’ychiev Axmadjan Ismailovich Laboratoriya mudiri – fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim
2 Atabekov Ikrom Urmanovich Yetakchi ilmiy xodim – fizika-matematika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim
3 Sadirov Feruz Xasanovich Katta ilmiy xodim – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
4 Mamaraximov Jasur Qaxramon o’g‘li Kichik ilmiy xodim
5 Yusupov Diyorbek Doniyorbekovich Kichik ilmiy xodim
6 Karimov Ulug‘bek Baxtiyorovich AKT bosh mutaxassisi
7 Abdullaev Sadibek Mamayunus o’g‘li AKT mutaxassisi
8 Qurbonova Yangiljon Akmanovna AKT mutaxassisi
9 Yuldashev Jasur Lutfullaevich AKT mutaxassisi
10 Moyliev Doston Rustam o’g‘li AKT mutaxassisi
11 Fayziyev Miralisher Mirbosit o’g‘li AKT mutaxassisi
12 Yeliboeva Saida Muzaffar qizi AKT mutaxassisi
13 Xusanov Umarali Mirjahon o’g‘li AKT mutaxassisi
14 Shaxriev Bekro’z Bekmurod o’g‘li AKT mutaxassisi
15 Farxodov Farmonbek Farrux o’g‘li AKT mutaxassisi