📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

MUHANDISLIK SEYSMOLOGIYASI VA GRUNTLAR DINAMIKASI LABORATORIYASI

Mudir rasmi
Yadigarov Eldor Maxmadiyorovich

Laboratoriya mudiri – geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLARI

 Kuchli zilzilalarda dispers gruntlarda quyqalanish xossalarini o‘rganish;
 Gruntlarning statik va dinamik xossalarini hisobga olgan holda “grunt-inshoot” tizimini o‘rganish;
 Viloyat, shahar va tuman markazlarini seysmik mikrohududlashtirish;
 Grunt sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish maydonlarining hisobiy seysmikligini aniqlash.


LABORATORIYANING VAZIFALARI:

 Dispers gruntlarda tarqalgan maydonlarda kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda quyqalanish bilan bog‘liq gruntlarning dinamik holatini baholash;

 Gruntlarning statik va dinamik parametrlarini hisobga olgan holda erkin yuzada va “grunt-inshoot” tizimida seysmik tebranish ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish;

 Muhandis-geologik va grunt sharoitlarini hisobga olgan holda qurilish maydonlarining hisobiy seysmikligini aniqlash;

 Seysmik qidiruv va instrumental tadqiqotlar asosida seysmik mikrohududlashtirish tadqiqotlarini amalga oshirish.


SO‘NGI YILLARDAGI OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-sonli Farmonining 39.1-bandida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-sonli Qarorining 7-bandlarida keltirilgan “Andijon, Namangan, Farg’ona, Toshkent, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoiy, Nukus, Urganch, Zarafshon, Shahrisabz, Kattaqo’rg’on, Quvasoy, Xiva, Qo’qon, Angren, Kogon, Marg’ilon, Xonobod, Ohangaron, Shirin” shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalari ishlab chiqilgan.

“Grunt-inshoot” tizimining seysmik tebranishlari xususiyatlarini tadqiq qilish va zilzila ta’sirini kamaytirish usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida binolar poydevorlari sayoz, chuqur va qoziqli toifalarga ajratilgan. “grunt-inshoot” tizimi va “erkin maydon” o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirini o‘rganilgan.

Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: +998 97 477 04 76
+998 94 659 01 92
E-mail: yadigarov1987@mail.ru
j.bozorov1968@gamil.com
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Yadigarov EldorMaxmadiyorovich Laboratoriya mudiri – geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
2 Ismailov Vaxitxan Alixanovich Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor
3 Xusomiddinov Axror Sabriddin o‘g‘li Geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
4 Bozorov Jonibek Shavkatovich Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
5 Rahmatov Asilbek Rahmat o‘g‘li Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), kichik ilmiy xodim.
6 Isroilov Xasan Baxtiyorovich Kichik ilmiy xodim
7 Qodirboyev Asilbek Yetakchi muhandis
8 Abirahmatov Xakimjon Yetakchi muhandis
9 Chaqqonova Sitora Yetakchi muhandis
10 Sevinchova Barno Yetakchi muhandis
11 Tursunov Yusuf Yetakchi muhandis
12 Raxmatilloyev Feruzjon Yetakchi muhandis
13 Utkirov Alisher Laborant
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Toshkent va Andijon shaharlarini seysmik mikrohududlashtirish xaritalari

Faoliyat rasmi

Poydevor turlarining sxematik ko‘rinishi. A) sayoz; b) сhuqur; C) qoziqsimon.

Faoliyat rasmi