📞 +998 71 241-51-70 ✉️
logo

“YANGIBOZOR GEOFIZIK ILMIY-TADQIQOT OBSERVATORIYASI” LABORATORIYASI

Mudir rasmi
Egamberdiev Saydig‘ani Abduraximovich

Laboratoriya mudiri - fizika-matematika fanlari nomzodi

LABORATORIYANING ASOSIY ILMIY YO'NALISHLARI: UZLUKSIZ KUZATUV ISHLARI:
Geomagnit maydon komponentlarining variatsiyalari; Tabiiy elektromagnit nurlanishning intensivligi; Elektrotellurik maydonning variatsiyalari; Atmosfera bosimi, namlik va havo harorati; Seysmik va geodinamik kuzatuvlar; Yer osti suvlarining gidrodinamik rejimi. Uzluksiz kuzatuvlarlar natijalarini kompleks tahlil qilish va ular asosida tayyorlanayotgan zilzila darakchilarining namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash.

LABORATORIYANING ASOSIY VAZIFALARI:

Geofizik maydonlar variatsiyalarini (geomagnit maydon tashkil etuvchilari, elektromagnit maydon impulslari) zilzilalar darakchilarini namoyon bolish mexanizmini aniqlash maqsadida qayd qilish; Yer qobig‘ining zamonaviy harakatlarining geodinamik jarayonlarini baholash maqsadida qayd etish va tahlil qilish; Uzluksiz seysmik kuzatuvlar o‘tkazish;er magnit maydoning asriy o‘zgarishlarini tadqiq etish; Yangi yaratilgan geofizik asboblarni sinovdan o‘tkazish va samaradorligini baholash; Fvv seysmoprogostik monitoring respublika markazida olib borilayotgan geofizik kuzatuvlar uchun tayanch stansiya vazifasini bajarish.

SO'NGI YILLARDA OLINGAN ASOSIY ILMIY NATIJALAR:

Yer magnit maydonining asriy o‘zgarishlari, elektromagnit va elektrotellurik maydon variatsiyalari, tuproqdagi radon gazi miqdorining hamda er osti suvlari sathining o‘zgarishlari o‘rganildi. Ularning variatsiyalarida zilzila darakchilari bo‘lgan anomal o‘zgarishlar qayd etildi va ularning namoyon bo‘lish mexanizmi aniqlandi. Elektromagnit impulslar amplitudalari o‘rtacha qiymatlari va sonining 2013 yilgi Tuyabo‘g‘iz va Marjonbuloq hamda 2019 yil ro‘y bergan ikkita zilzilalardan oldingi anomal variatsiyalari aniqlandi. Observatoriya va respublikada faoliyat yuritayotgan 14 ta statsionar magnitometrik stansiyalar ma’lumotlarini taqqoslash natijasida geomagnit maydonning 3-5 nTl amplitudali turli ishorali buxtasimon anomal variatsiyalari bir nechta stansiyada qayd etildi.
Toshkent geodinamik poligonida olib borilgan mikroseysmik kuzatuv ma’lumotlari Geopsy va JSesame dasturlari yordamida tahlil qilindi. Yer magnit maydonidagi anomaliyalar, elektromagnit impulslar va yer osti suvlarining o‘zgarishlari uzviy holda namoyon bo‘lishi aniqlandi. Toshkent geodinamik poligonida kompleks geologo-geofizik tahlil asosida hududning geodinamik faolligi baholandi.


Hamkorlik uchun aloqalar!
Tel: + +998 97 720 29 40
+998 99 825 15 66
E-mail: frozimboyev@gmail.com
Laboratoriya tarkibi
# F.I.SH Lavozimi
1 Egamberdiev S.A. Laboratoriya mudiri
2 Nuriddinov N.R. Kichik ilmiy xodim
3 Azimov A. M. Kichik ilmiy xodim
4 Ro'zimboev F.F. Kichik ilmiy xodim
5 Jo'rayev E. M. Kichik ilmiy xodim
6 Yunusova G. H. Muhandis
7 O'rinboeva M. Muhandis (bola parvarishi)
8 Azimov U. A. Texnik
9 Atxamova F. Texnik
10 Toxirova D. Bosh mutaxassis (0.5 stavka)
11 Salimov I.M. Yetakchi muhandis
Ish faoliyatidan lavhalar
Faoliyat rasmi

Magnit maydon parametrlarining siklik variatsilari

Faoliyat rasmi

Magnit maydonining sutkalik variatsiyasi

Faoliyat rasmi

2 va 12 kGs chastotali elektromagnit impulslarning 2013 yil 24 va 26 maydagi Tuyabo'g'iz va Marjonbuloq zilzilalaridan oldingi variatsiyalari

Faoliyat rasmi